Kontent qismiga oʻtish

Tomskneft

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tomskneft
Turi Xususiy mulk
Tarmogʻi Neft sanoati
Egasi Mustaqil neft kompaniyasi (50%), Gazpromneft (50%)[1]
Qachon asos solingan 1966 (58 yil avval) (1966) Tomsk, Rossiya
Joylashuvi Strejevoy, Rossiya
Hududiy xizmati Sibir
Rahbariyat Roman Jaravin (Bosh direktori)
Mahsulot(lar)i Xom neft, tabiiy gaz
Aylanma daromadi 143 043 600 000[2]

"Tomskneft VNK" AJ – Rossiyaning neft-gaz kompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Rossiyaning Strejevoy shahrida joylashgan. 1966-yilda tashkil etilgan Tomskneft Tomsk viloyati va Sibirdagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. 2022-yil holatiga koʻra, Mustaqil neft kompaniyasi va Gazpromneft mos ravishda kompaniyaning 50 foizdan aksiyalariga egalik qiladi. 2023-yilda kompaniyaning Rossiyadagi daromadi 213 milliard rublni tashkil etdi[3].

Tomsk viloyati, Strejevoy shahridagi Tomskneft shtab-kvartirasi

Tomskneft – 1966-yil yanvar oyida Tyumen neft-gaz sanoat korxonasi qarori bilan tashkil etilgan Sovet zavodining vorisi[4]. Zavod 1969-yilda birinchi million tonna neftini qazib chiqardi[5]. 1974-yilga kelib u 25 million tonna neft ishlab chiqardi[6]. 1977-yilda Neft sanoati vazirligi Tomskneftni Tyumen neft va gaz sanoat korxonasidan ajratib „Tomskneft“ sanoat birlashmasini tuzdi[7].

Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Tomskneft 1993-yilda xususiylashtirildi[8]. Keyingi yili Achinsk neftni qayta ishlash zavodi, Tomskneftexim zavodi bilan birgalikda va bir nechta kichik Sibir neft kompaniyalari yangi tashkil etilgan Sharqiy neft kompaniyasi (ruscha: Восточная нефтяная компания, ВНК) asosini tashkil etdi[9].

1997-yilda oʻsha paytdagi eng yirik Rossiya neft ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan Yukos VNKning aksiyalari nazorat paketini qoʻlga kiritdi va shu tariqa Tomskneft va VNKning boshqa shoʻba korxonalarini oʻziga oldi[10]. Tomskneft 2007-yilgacha Yukosning bir qismi boʻldi. Yukosning bankrot boʻlishi bilan Tomskneft aksiyalari Rosneft va Gazpromneftga sotildi. Ikkala kompaniya Tomskneft aksiyalari paketining 50 foizdan ulushini qoʻlga kiritdi[11][12].

2021-yil avgust oyida Rosneft Tomskneft aksiyalari paketini Mustaqil neft kompaniyasiga sotdi[13].

Tomskneft neft va gaz sanoatida ishlaydi, faoliyati, asosan, manbalarni qidirish va qazib olishga qaratilgan. 2020-yil holatiga koʻra, kompaniya 32 ta neft va gaz koniga egalik qiladi, har yili 5,2 million tonna neft qazib olinadi[14].

1998-yil dekabr oyida Tomskneftning 13% aksiyalariga egalik qiluvchi Kiprning Asirota Limited kompaniyasi Yukosni Tomskneft aksiyalari narxini pasaytirish orqali minoritar aksiyadorlarning huquqlarini buzganlikda aybladi. Keyinchalik bu ish Yukosning sobiq egasi Mixail Xodorkovskiyga qarshi sud jarayonida qoʻllandi. Xodorkovskiy Tomskneft va Yukosning boshqa shoʻba korxonalaridan 350 million tonna neftni oʻgʻirlaganlikda ayblandi. Keyinchalik rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev Xodorkovskiy ustidan oʻtkazilgan sud jarayoni va undan keyin qamoqqa olinishini siyosiy repressiya sifatida baholadi[15].

2015-yilda „Tomskneft“ Kargasok tumanidagi neft qidiruv va qazib olish maydonlaridan noqonuniy foydalangani uchun jarimaga tortildi. Jarimani toʻlagandan soʻng, kompaniyaga sanoat maydonchalaridan foydalanishga ruxsat berildi[16].

2019-yilda Tomskneft va PetroAlians Oil Company Tomsk viloyatidagi Lomovoye neft konida neft qazib olish boʻyicha shartnoma imzoladi. 2020-yil may oyida avariya tufayli Tomskneft ishchilari PetroAlians uskunasini neft qudugʻida qoldirdi. 2022-yil aprel oyida sud Tomskneft yoʻqolgan uskuna uchun sherigiga 30,7 million rubl toʻlashi kerak degan qaror qabul qildi. Tomskneft 2022-yil iyun oyida daʼvo ustidan shikoyat qilgan boʻlsa-da, apellyatsiya sudi kompaniya belgilangan summani PetroAliansga toʻlashi kerakligini tasdiqladi[17]. Oʻsha yilning dekabr oyida Tomsk viloyati arbitraj sudi „Samotlorneftepromxim“ (SNPK) burgʻulash kompaniyasi Tomskneftga Lomovoye neft konidagi PetroAlians uskunasining zararini qoplash uchun 30,7 million rubl toʻlashi toʻgʻrisida qaror chiqardi[18].

  1. „Прибыль "Роснефти" от продажи вьетнамских активов и 50% Томскнефти составила 11 млрд рублей“ (ru) (2022-yil 11-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  2. (unspecified title)Expert RA.
  3. „АО "Томскнефть" ВНК“.
  4. „"Пошла, родная!": как в Томской области была получена первая нефть“ (ru). Riatomsk.ru (2021-yil 8-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  5. The fulfillment of the Leninist ideas in the economic development of Siberia 1972.
  6. Pomorov 1988.
  7. The Encyclopedia of the Tomsk region 2008.
  8. Аркадий Климов. „Планы приватизации. Продается крупнейший пакет "нефтяных" акций“ (ru). Kommersant (1994-yil 22-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  9. „Начала работу Восточная нефтяная компания“ (ru). Kommersant (1994-yil 17-iyun). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  10. Юрий Сенаторов. „Война за томскую нефть“ (ru). Kommersant (1999-yil 24-aprel). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  11. „Активы ЮКОСа достались "Роснефти"“ (ru). Vedomosti (2007-yil 3-may). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  12. Елена Мазнева, Ирина Малкова. „Нефть на двоих“ (ru). Vedomosti (2007-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  13. „Роснефть вышла из капитала Томскнефти“ (ru) (2021-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  14. Людмила Подобедова. „"Томскнефть" дозрела до смены акционера“ (ru). RBC.ru (2021-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  15. Сергей Гуриев. „Дело Ходорковского – политическое“ (ru). The New Times (2012-yil 14-fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  16. „Томскнефть и "Норд Империал" оштрафованы за незаконную эксплуатацию промплощадок в Томской области“ (ru). Interfax.ru (2015-yil 15-aprel). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  17. „Суд подтвердил взыскание с "Томскнефти" 30,7 млн руб за утрату техники“ (ru). RiaTomsk.ru (2022-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
  18. „Томскнефть взыскала с буровой компании 30,7 млн рублей за утрату оборудования в скважине“ (ru). Interfax (2022-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
  • Осуществление ленинских идей превращения Сибири в экономически развитый район страны (ru), Kemerovo, 1972 — 652-bet. 
  • Pomorov, A. A.. Нефть и газ Томской области: сборник документов и материалов (ru). Tomsk: Tomsk book publisher, 1988 — 357-bet. 
  • Энциклопедия Томской области (ru). Tomsk: Tomsk State University, 2008–2009 — 1000-bet. ISBN 978-5-7511-1917-1.