Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali
Xalqaro nomi |
Termez Institute of engineering and technology |
---|---|
Turi | universitet filiali |
Asos solingan sanasi | 2017 |
Rektori | Axmedov O'ral Choriyevich |
Fakultetlar | 4 |
Talabalari | 1400 |
Oʻqituvchilari | 87 |
Joylashuvi |
Termiz , Oʻzbekiston |
Veb-sayti | Vebsayti |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali — Toshkent davlat texnika universitetining Termiz shahridagi oliy taʼlim muassasasi filiali.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2017-yil 29-iyundagi qaroriga[1] asosan tashkil etildi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fakultetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida 2 ta fakultet mavjud:
- Qurilish va transport tizimlari fakulteti
- Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari
Kafedralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kafedralar soni 6 ta:
- Qurilish va transport tizimlari fakulteti
- Umumkasbiy fanlar kafedrasi
- Avtomobil yoʻllari va transport inshootlari kafedrasi
- Transport tizimlari va texnologik mashinalar kafedrasi
- Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari
- Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
- Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
- Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi
- Talabalar kontingenti
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi „Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ PQ-30-son qarori bilan filial Termiz muhandislik-texnologiya institutiga aylantirilgan[2]. Institutda kunduzgi, sirtqi va ikkinchi oliy taʼlim shakllari boʻyicha bakalavr, magistr mutaxassisliklari boʻyicha mutaxasisliklar, tayanch doktorantura ixtisosliklari boʻyicha ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan.
Bugungi kunda oliygohda 4 ta fakultet, 14 ta kafedra va 27 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 5808 nafar bakalavrtalabalar taʼlim olishmoqda. Bundan tashqari 5 ta mutaxassislik boʻyicha 75 nafar magistrantlar va 2 ta ixtisoslik boʻyicha 4 nafar doktorant hamda 2 nafar mustaqil tadqiqotchilar oliygoha oʻz sohalari boʻyicha tahsil olib kelishmoqda. Institut qoshida 1 ta koʻp tarmoqli texnikum, 1 ta akademik litsey, 1 ta oʻquv poligoni, haydovchilik kursi, robototexnika markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Oliygoh axborot resurs markazida bosma turdagi resurslar 4541 nomda 16928 dona (darslik 5733 dona, o‘quv qo‘llanma 6697 dona, badiiy adabiyot 2219 dona, siyosiy 292 dona, Prezident asarlari 296 dona, ilmiy-ommabop risola 241 dona, lug‘at 137 dona, albom 65 dona, uslubiy qo‘llanma 41 dona) adabiyotlar
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida“, 2019-11-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-11-11
- ↑ https://lex.uz/uz/docs/-5757023