Kontent qismiga oʻtish

Toshqoʻrgʻon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Toshqoʻrgʻon, Xulm — Afgʻonistonning shimoliy qismidagi shahar. Samangon viloyatida. Aholisi 35 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Xulm daryosi vohasidagi savdotransport markazi. Shahar atrofida meva, uzum, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari yetishtiriladi. Un tortish, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchilikda gazlama va gilam toʻqiladi, charm, mis va temirdan uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi.