Kontent qismiga oʻtish

Tovush (musiqa)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tovush — musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi. Musiqiy tovushlar maʼlum musiqiy tizimni tashkil etib, muayyan balandpastlik (lad), uzunqisqalik (ritm va metr), dinamika va tembrga ega boʻladi. Odatda, musiqada 16 gs — 4500 gs (S2—d5) orasidagi, 0,015 sek —23 min. uzunligidagi tovushlardan foydalaniladi. Shuningdek, musiqada muayyan balandlikka ega boʻlmagan (aleatorika, sonoristika, usul) tovushlardan ham qoʻllanadi. Musiqiy tovushlarning oʻziga xosligi, shuningdek, badiiy talqin jarayonidagi (agogika, artikulyatsiya, surʼat, melizmlar va boshqalar) xususiyatlar bilan belgilanadi.

  • Nazaykinskiy Ye., Zvukovoy mir muzoʻki, M., 1988.