Kontent qismiga oʻtish

Trialeti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TrialetiGruziyadagi jez davriga oid arxeologik yodgorliklar majmui (mil. av. 2ming yillik). T. tizmasining janubidagi Salka platosida joylashgan. Zodagonlar va qabila sardorlari dafn etilgan boy mozorqoʻrgʻonlar topilgan. Badiiy jihatdan yuksak ishlangan qimmatbagʻo buyumlar (oltin va kumush qadahlar va boshqalar) mahalliy zargarlarning Gʻarbiy Osiyo va Kichik Osiyo bilan yaqindan aloqada boʻlganidan dalolat beradi.