Kontent qismiga oʻtish

Trofye

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Trofye

Trofye (shuningdek, trofiye, trofi; italyancha: trofie) — Italiyaning turli-tuman makaron mahsulotlari

Trofye vatani — Reccodir (Liguriya mintaqasi). Bu nom, ehtimol, Ligurian strufuggiâ („ishqalamoq“, „surmoq“) soʻzlaridan kelib chiqqan va xamirdan „makaroncha“larni tayyorlashda qoʻlning harakatlarini ifodalaydi. Bular mayda-mayda boʻlakchali, bir oz egilgan shpindel shaklidagi makaronlardir[1]. Makaron donachalari uzunligi odatda 3-4 sm.ni tashkil qiladi. Kichikroq trofiyelar „trofiette“ deb ataladi (italyancha: trofiette)[2].

Anʼanaviy trofiyelar qattiq bugʻdoy uni, suv va tuz solib qilingan xamirdan qoʻlda tayyorlanadi. Unga tuxum qoʻshilmaydi[2]. Biroq, hozirda sanoat shaklida ham ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kashtan unidan tayyorlanadigan trofie bastarde deb ataluvchi trofiye turi ham mavjud[2].

Odatda bu makarondan tayyorlangan taom pesto sousi bilan dasturxonga tortiladi. Baʼzan loviya (fasol) va kartoshka bilan birga pishiriladi[1]. Tranida qisqichbaqali trofiyelar ancha mashhur[3].

Intaliyaning Sori[4], Belforte Monferrato[5], Karentino va Montoro[6] kabi ayrim shaharlarida har yili anʼanaviy tarzda trofiye festivallari oʻtkazib kelinadi[7].

  1. 1,0 1,1 Cristina Ortolani 2003.
  2. 2,0 2,1 2,2 Alimentipedia.
  3. Marinella Penta de Peppo. La Grande Cucina Italiana con cenni di storia in 2000 ricette semplici e gustose delle nostre Regioni — 303-bet. 
  4. „Sagra Delle Trofie Al Pesto“. Qaraldi: 2017-yil 30-dekabr.
  5. „Sagra delle Trofie di Sori 2017“. Qaraldi: 2017-yil 30-dekabr.
  6. „Sagra delle trofie - festa patronale“. Qaraldi: 2017-yil 30-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  7. „Arriva la Sagra delle trofie con radicchio e porcini!“. Qaraldi: 2017-yil 30-dekabr.
  • „Trofie“ (it). Alimentipedia. Qaraldi: 2017-yil 17-yanvar.