Troy Schwab
Troy Schwab | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
24-dekabr 1984-yil Kindersley, Saskatchewan, Kanada | ||
Boʻyi | 5 ft 8 in (173 cm) | ||
Ogʻirligi | 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb) | ||
Pozitsiyasi | Markaziy oʻyinchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Chap qanot | ||
Oʻynagan jamoalari |
Johnstown Chiefs Wichita Thunder Eispiraten Crimmitschau Denver Cutthroats Toledo Walleye | ||
NHLga kirish drafti | Tanlanmagan | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2009—2015 |
Troy Schwab (talaffuzi: Troy Shvab, 1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi, ECHL va Markaziy Xokkey Ligasida oʻynagan. Hozirda u Greenville Swamp Rabbits jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Schwab birinchi boʻlib oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi Kindersley Klippers bilan xokkey oʻynagan. 2005-yilda liganing eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.
Keyin Schwab Qoʻshma Shtatlarda Markaziy Xokkey Assotsiatsiyasining Lake Superior shtat universiteti jamoasida xokkey oʻynashga qaror qilgan. U 2005—2006-yilgi mavsumda 28 ochko toʻplagan. Ikkinchi kursdayoq yetakchilar guruhiga qoʻshilgan Schawb oʻzining muvaffaqiyatli yilida jamoa sardori boʻldi. U oʻzining toʻrt yillik kollejdagi faoliyatini 150 oʻyinda 110 ball toʻplagan holda yakunlagan.
Schwab 2010-yil 20-oktyabrda Wichita Thunder jamoasi bilan Markaziy Xokkey Ligasida ishtirok etish uchun shartnoma imzolagan[1]. U 2010—2011-yilgi mavsumda 54 oʻyinda 55 ochko toʻplagan. Schwabni 2011-yil 26-iyunda Thunder jamoasi Chris Whitley evaziga Allen Americans jamoasiga transfer qilgan[2].
Schwab 2011-yilning 1-avgustida Germaniya 2-Bundesligasining ETC Crimmitschau jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[3]. 2011—2012-yilgi mavsumda u gol urish boʻyicha jamoa yetakchilaridan biri boʻlgan. Mavsum davomida u 45 oʻyinda 45 ochko toʻplagan.
Schwab Germaniyadagi mavsumini yakunlaganidan soʻng Shimoliy Amerikaga qaytgan va CHLning Denver Cutthroats klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[4].
Schwab Cutthroats jamoasi bilan ikki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, 2014-yil 8-avgustda ECHLning Toledo Walleye jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[5]. 2014—2015-yilgi mavsumda Schwab 70 ta oʻyinda 60 ochko toʻplagan holda hujumkor yetakchi rolini davom ettirgan. U 21 ta bahsda 22 ochko toʻplagan.
2015-yil 12-iyulda Schwab professional xokkeydagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[6].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
2001—2002 | Kindersley Klippers | SJHL | 61 | 28 | 40 | 68 | 57 | — | — | — | — | — | ||
2002—2003 | Kindersley Klippers | SJHL | 60 | 25 | 41 | 66 | 103 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Kindersley Klippers | SJHL | 55 | 29 | 36 | 65 | 82 | — | — | — | — | — | ||
2004—2005 | Kindersley Klippers | SJHL | 51 | 25 | 60 | 85 | 162 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | Lake Superior State U. | CCHA | 34 | 8 | 16 | 24 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Lake Superior State U. | CCHA | 41 | 6 | 24 | 30 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Lake Superior State U. | CCHA | 36 | 6 | 18 | 24 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Lake Superior State U. | CCHA | 39 | 11 | 21 | 32 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Johnstown Chiefs | ECHL | 67 | 18 | 35 | 53 | 75 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Wichita Thunder | CHL | 54 | 19 | 36 | 55 | 71 | 5 | 2 | 1 | 3 | 2 | ||
2011—2012 | ETC Crimmitschau | 2.GBun | 45 | 19 | 26 | 45 | 78 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Denver Cutthroats | CHL | 66 | 21 | 60 | 81 | 48 | 5 | 0 | 4 | 4 | 4 | ||
2013—2014 | Denver Cutthroats | CHL | 66 | 25 | 71 | 96 | 81 | 16 | 8 | 15 | 23 | 30 | ||
2014—2015 | Toledo Walleye | ECHL | 70 | 19 | 41 | 60 | 35 | 21 | 8 | 14 | 22 | 21 | ||
CHLdagi ochkolari yigʻindisi | 186 | 65 | 167 | 232 | 200 | 26 | 10 | 20 | 30 | 36 |
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofot | Yil | |
---|---|---|
SJHL birinchi yulduzlar jamoasi mukofoti | 2005 | |
SJHLning eng qimmat oʻyinchisi | 2005 | [7] |
Birinchi yulduzlar jamoasi | 2013—2014 | [8] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Thunder sign Schwab from ECHL“. Central Hockey League (20-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Wichita lands top line goalie in deal with Allen“. Central Hockey League (26-iyun 2011-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Eispiraten acquire fifth quota player in Schwab“ (olmoncha). ETC Crimmitschau (1-avgust 2011-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Cutthroats boots forward line by signing Gale, Schwab“. Denver Cutthroats (7-avgust 2012-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Toledo Walleye sign CHL forward Troy Schwab“. bcsn.tv (8-avgust 2014-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Officially announce retirement today“. Twitter (12-iyul 2015-yil). Qaraldi: 12-iyul 2015-yil.
- ↑ „LSSU recruit leads SJHL in scoring“. Lake Superior State University (15-mart 2005-yil). 2-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
- ↑ „All-CHL Team Announced“. Central Hockey League (1-may 2014-yil). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2014-yil.