Tugʻluq Temur
Qiyofa
(Tug'luq temurdan yoʻnaltirildi)
Tugʻluq temur (? 1362 yoxud 1363) — Moʻgʻuliston davlati asoschisi va xoni (1348 yildan). Sharqiy Turkistonda uning avlodlari 16-asrning 70-yillarigacha hukmronlik qilgan. Chigʻaytoy ulusi parchalanishi jarayonida uning sharqiy qismida Amir Poʻlodchi yordamida Tugʻluq temur tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv kirgan. 1360—1361 yillardagi harbiy yurishlar natijasida Tugʻluq temur Movarounnahrni egallagan. Tugʻluq temur vafotidan soʻng oʻgʻli Ilyosxoja bilan boʻlgan kurashlarda Sohibqiron Amir Temur moʻgʻullarni Movarounnahr hududidan quvib chiqargan. Tugʻluq temur vorislari faqat Sharqiy Turkistonga egalik qilganlar, xolos.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |