Kontent qismiga oʻtish

Tundan tonggacha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tundan tonggacha

Film posteri
Rejissyor(lar) Jahongir Ahmedov
Goʻzal Yusupova
Prodyuser(lar) Mirzohid Rahimov
Qudratilla Fayzullayev
Ssenariynavis(lar) Jahongir Ahmedov
Rollarda Alisher Uzoqov
Shahzoda Muhammedova
Muhammadiso Abdulxairov
Jumadulla Rametov
Shohida Uzoqova
Bastakor(lar) Doniyor Agzamov
Kinematografiya Davr
Koʻzgu Films
Chiqarilgan sanasi 2010-yil
Davomiyligi 90 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha
Keyingi film Tundan tonggacha 2

Tundan tonggacha (ruscha: „От заката до рассвета“) — 2010-yilda Jahongir Ahmedov rejissyorli va ssenariysi asosida suratga olingan oʻzbek komediya filmi[1]. Filmda bosh rollarni Alisher Uzoqov, Shahzoda Muhammedova, Muhammadiso Abdulxairov, Lola Eltoyeva, Jumadulla Rametov, Shohida Uzoqova, Umid Shodmonov, Alisher Otaboyev va Rixsivoy Aliyev kabi aktyorlar ijro etgan[2][3].

Umid va Zilola uchrashuvga chiqishadi va oila qurishadi. Bir qancha vaqt oʻtganidan keyin Zilola homilador boʻlib, kechasi tush koʻradi va eri Umidga banan yeyishni xohlayotganini aytadi. Umid rafiqasiga banan olish uchun oshxonaga boradi, lekin muzlatkichdagi soʻngi bananni otasi yeb qoʻyadi. Umid banan qidirib, tunda doʻkonga boradi. Afsuski tunda doʻkonlar yopiq boʻladi va ichki ishlar hodimi uni oʻgʻri deb tutib, ichki ishlar idoraga olib boradi. U yerda Umid boʻlgan voqealarni aytib beradi. Bu voqealarni eshitib, ichki ishlar hodimi ham oʻzining hayotida boʻlgan Umidning voqeasiga oʻxshash voqeani aytib berib, Umidga banan beradi va qoʻyib yuboradi.

Bananni olgan Umid yoʻlda yigʻlayotgan Shahlo ismli ayolga duch keladi va unga yordam berish uchun ayolning uyiga kiradi. Shahlo Umidni yoʻldan ozdirishga harakat qilayotganda birdan uning eri kelib qoladi. Umid shkafga berkinadi, Shahlo esa eri bilan firibgarlik qilib, uning pullarini va bananini olib qoladi.

Umid u yerdan bir amallab qochib, bir yigitning sevgan qiziga banan va shokolad olib kelganini koʻrib qoladi va uni aldab bananni olib qoʻyadi. Undan soʻng yoʻlda ketayotib, bir ayolning duo qilayotganini eshitib qoladi. Shu payt esa ayolning eri buni koʻrib qolib, unga kalla qoʻyadi. Umid hushidan ketib qoladi va ayolning eri uni boylab, bananini yeb qoʻyadi. Umid hushiga kelib, oʻgʻri emasligini, duoni toʻsatdan eshitib qolganini, rafiqasiga banan olib ketayotganini aytadi. Ular haqiqatni bilgach unga banan berib, uyiga kuzatib qoʻyishadi.

Bu vaqtda Umidning otasi va qaynotasi mast holatda uni izlash bilan ovora boʻladi; onasi va qaynonasi janjallashib qolishadi, rafiqasi Zilola esa tugʻruqxonaga ketgan boʻladi. Umid uyga kelib, otasi va qaynotasi bilan tugʻruqxonaga boradi. U yerda hamma toʻplanganda, hamshiralar ularga bola tugʻilganini aytadi.

Bosh rollarda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sayfiddin Meliyev — Shahloning eri, firibgar;
  • Shahlo Karimova — Shahlo, firibgar ayol;
  • Asqar Hikmatov — oshiq yigit;[6]
  • Nigina Akbarova — Gulnoz rolida;
  • Nodirbek Rasulov
  • Munojot Olimboyeva — befarzand ayol;
  • Imomnazar Sayfiyev
  • Doniyor Ahmedov
  • Shukur Usmonov
  • Hamidulla Saydullayev
  • Mirzohid Rahimov