Kontent qismiga oʻtish

Tundra boʻrisi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tundra borisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus albus
Tundra borisining tarqalishi
Tundra borisining tarqalishi


Tundra boʻrisi (Canis lupus albus) – Boʻrilarning Canis lupus kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib Yevrosiyoning Finlandiyadan Kamchatka yarimoroligacha choʻzilgan tundra oʻrmonlari va tundra qismida yashaydi. U turaxon boʻrisi nomi bilan ham ataladi[1]. U birinchi marotaba Robert Kerr tomonidan tasvirlangan boʻlib, uni Yenisey daryosi atrofida yashoʻvchi va qimmatbaho moʻynaga ega deb atagan[2].

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U katta kenja tur hisoblanadi. Erkaklari urgʻochilaridan katta boʻlib, tanasining uzunligi erkaklarida 118–137 sm, urgʻochilarida esa 112-136 smni tashkil etadi. Koʻpincha yevrosiyo boʻrisidan katta deb aytilsada, bu notoʻgʻri. Oʻrtacha vazni erkaklarida 40-49 kgni tashkil etsa, urgʻochilarida 36.6-41 kgni tashkil etadi. Tayrmyr va Kanin yarimorollarida 1951-1961-yillarda ovlanga 500 ta boʻridan eng ogʻiri 51 kgni tashkil etgan. Koʻp tundra boʻrilarining yungi kulrang boʻlib qora, jigarrang va kumushrangning qorishmasini eslatadi. Yungi uzun, qalin, yumshoq va och kulrang rangda boʻladi. Yungining oxiri kulrang-qoʻrgʻoshin rang, boshi esa qizgʻish kulrang boʻladi[3].Ularning koʻpchili yuqoori balandliklarda yashagani sababli nisbatan kech bolalaydi, martning oxirlaridan aprelgacha. Odatda urgʻochi tundra boʻrisi 2dan 6tagacha bola koʻradi. Tundra boʻrisining oʻrtacha hayoti 16 yilni tashkil etadi.

Yashash joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tundra boʻrisi koʻpincha daryo boʻylari, oʻrmonlar va changalzorlarda yashaydi. U xonaki bugʻular, yovvoyi quyonlar, arktika tulkilari va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. 1950-yillarda Nenets avtonom okrugida ovlangan 74ta boʻrining oshqozoni tekshirilganda ularning 93.1%i bugʻu qoldiqlari boʻlgan. Yoz oylarida qushlar va kemiruvchilarni koʻp ovlaydi xususan yangi tugʻilgan bugʻu bolalarini[4]. Katta yoshli tundra boʻrisi bitta oziqlanishda 9 kggacha yeyishi mumkin.

  1. Mech, L. David. The Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — 352-bet. ISBN 0-8166-1026-6. 
  2. Kerr, R.. https://archive.org/stream/animalkingdomorz00linn#page/n191/mode/2up. Edinburg: W. Creech, 1792 — 137-bet. 
  3. Heptner, V. G. & Naumov, N., P.. https://archive.org/stream/mammalsofsov211998gept#page/182/mode/2up. AQSH: Science Publishers, Inc., 1998 — 210-bet. ISBN 1-886106-81-9. 
  4. Heptner, V. G. & Naumov, N., P.. https://archive.org/stream/mammalsofsov211998gept#page/182/mode/2up. AQSH: Science Publishers, Inc., 1998 — 216-bet. ISBN 1-886106-81-9.