Turgʻunoy Egamberdiyeva
Turgʻunoy Ahmadjonovna Egamberdiyeva | |
---|---|
Tavalludi |
1-avgust 1942-yil Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | pedagog |
Sohasi | tarix, pedagogika |
Taʼlimi | Fargʻona pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Turgʻunoy Ahmadjonovna Egamberdiyeva (1942-yil 1-avgust, Marg`ilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turgʻunoy Egamberdiyeva 1942-yil 1-avgust Margʻilon shahrida tugʻilgan. 1963—1967-yillarda Fargʻona pedagogika institutining pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetida, 1970—1972-yillarda Moskva shahridagi oliy partiya maktabi „Xalqaro munosabatlar“ fakultetida tahsil olgan. 1963—1970-yillarda Marg‘ilon shahar va Farg‘ona viloyatining komsomol qo‘mitasining kotibi, 1972—1990 yillarda Marg‘ilon shahar partiya qo‘mitasining kotibi, Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyat partiya qo‘mitasining kotibi, viloyat xotin-qizlar kengashi raisi, Farg‘ona viloyatlararo partiya-sovet xodimlari malakasini oshirish instituti direktori[1], 1990—1992-yillarda Fargʻona davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani, 1992—1997-yillarda Fargʻona davlat universitetining tarbiyaviy ishlar (1996-yildan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar) boʻyicha birinchi prorektori, 1997—2007-yillarda jahon tarixi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2007-yildan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori[2].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turgʻunoy Egamberdiyeva 1988-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlarining madaniy rivojlanish muammolari“ (1970—1980-yillar) mavzusidagi nomzdolik ishini yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi maʼnaviy hayotida ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi[2].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni (1993)[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Сумбула МАҲМУДОВА. „Ибратли УМР ёки таниқли олима ва жамоат фаоли Турғуной Эгамбердиева сиймосига чизгилар“ (2022-yil 1-avgust). 2023-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 04.03.1993 йилдаги ПФ-576-сон Фармони“.