Kontent qismiga oʻtish

Turizm fidoyisi ko‘krak nishoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Turizm fidoyisi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi koʻkrak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari
Taqdirlash asosi turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari xodimlari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targʻibot ishlari uchun taqdirlanadi.
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2022-yil 10-iyul.

„Turizm fidoyisi“ koʻkrak nishoni — Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targʻibot ishlari uchun fidoiylik koʻrsatayotgan fuqarolar taqdirlanadi[1][2][3].

  • “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi. Koʻkrak nishonining old tomoni markaz qismida sayohat va tinchlik timsolini aks ettiruvchi uchayotgan humo qush tasvirlangan boʻlib, mamlakatimiz bayrogʻi ranglari bilan oʻralgan humo qush qanotlari oʻrtasiga joylashtirilgan Oʻzbekiston xaritasi Oʻzbekistonning turizm maskanlariga sayohat va ularning joylashuvini anglatadi.
  • Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan sariq rangdagi doira ichida “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari tilla rangda yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismida “Turizm fidoyisi” soʻzlari yozilgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni yuqori qismida Oʻzbekistonning turizm brendi “Oʻzbekiston” logotipi va markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan “Turizm sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” soʻzlari yozilgan. Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir. Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
  • Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning markazidan eni 6 millimetrli koʻk yoʻl oʻtgan. Uning har ikki tarafidan eni 1 millimetrli koʻk, eni 2 millimetrli yashil va eni 5 millimetr boʻlgan oq rangdagi yoʻllar tushirilgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.