Turon (stadion, Nukus)
Joyi | Nukus, Qoraqalpogʻiston |
---|---|
Egasi | Aral samali futbol klubi |
Operator | Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi |
Yuzasi | tabiiy chim, grass |
Hajmi | 9300 (futbol) |
Maydon oʻlchami | 112m x 72m |
Maydon egalari | |
Aral samali futbol klubi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi |
Turon stadioni (ruscha: Туран (стадион, Нукус), qoraqalpoqcha: «Turan» stadionı / «Туран» стадионы) – Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti Nukus shahridagi koʻp maqsadli stadion. Oʻzbekiston tarkibidagi respublika hisoblanadi. Turon Qoraqalpogʻistondagi eng yirik va asosiy stadion boʻlib, 9300 tomoshabin sigʻimiga ega. Qadimgi tarixiy Turon viloyati nomi bilan atalgan. Stadionda sobiq „Orol“ futbol klubi oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazgan. 2022-yildan stadiondan Aral Nukus, Jayxun va Qoraqalpogʻiston futbol akademiyasi kabi jamoalar foydalanib kelmoqda. Stadionda turli sport musobaqalari va turnirlari, bayramlar va konsertlar ham oʻtkaziladi.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yildan stadion chimi va holati Qoraqalpogʻiston iqlim sharoitiga javob bermaganligi sabab futbol uchrashuvlari oʻtkazilishi toʻxtatilgan. 2024-yil 18-iyulda Turon stadioni qayta taʼmirlanishi va buning uchun 107,0 mlrd soʻm ajaratilishi maʼlum qilngan[1].