Kontent qismiga oʻtish

Turunj

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Turunj (arab.limon) — naqsh turi; hoshiya va asosiy maydondan tuziladigan naqsh mujassamoti markaziga ishlanadi. Shakli limonga oʻxshaganligi uchun shunday atalgan. Naqqoshlik taraqqiyoti davomida T. shakl jihatidan boyib va mukammallashib borgan: tuxumsimon, doyra, romb, 5— 10 va undan ortik, qirrali yulduz shakllari koʻp uchraydi. Markaziga T., chetiga ruta va boshqa hoshiya naqshlar ishlanadigan toʻrtburchakli mujassamot keng tarqalgan. T. axtasn qogʻozni 4, 8, 16 ga buklab, bir boʻlagiga naqsh chizib tayyorlanadi; soʻng naqsh bezatiladigan sirtga tushiriladi.

Amaliy bezak sanʼatining barcha sohalari (naqqoshlik, gilamchilik, ayniqsa, zardoʻzlik va boshqalar)da keng qoʻllanadi.