Kontent qismiga oʻtish

Tuvaloqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kori tuvalog'i

Tuvaloqlar (Otididae) — turnasimonlar turkumining bir oilasi. Boʻyni oʻrtacha uzunlikda, oyogʻi baquvvat, barmoqlari kalta (orqa barmogʻi yoʻq), qadoqsimon yostiqchalari bor. Dumi nisbatan kalta, yogʻ bezlari yuq. Yaxshi yuguradi. 11 urugʻga mansub 24 turi bor. Afrika, Yevropa, Avstraliya, Osiyoning dasht va chullarida urchish davrida juftjuft bulib yashaydi. Oʻtroq hayot kechiruvchi va migratsiya qiluvchi turlari mavjud. Yerga uya quradi. 2—5 ta tuxum qoʻyadi. 20—30 kun bosadi. Oʻsimliklar, hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Koʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi va tartibsiz ovlanishi natijasida soni kamayib bormoqda. Oʻzbekistonda 3 turi (toʻxtatuvaloq, bizgʻaldoq, yoʻrgʻa tuvaloq) uchraydi. Koʻrsatilgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.