Tuxumsimon semizak
Tuxumsimon semizak yoki oval Semizak (lotincha: Crassula ovata) — Janubiy Afrikadan kelib chiqqan yarim oʻt oʻsimlik, Semizak turkumining bir turi boʻlib, Semizakdoshlar oilasiga mansub. Mashhur xonaki va bogʻ oʻsimligi[1].
Nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turlarning sinonimlari quyidagi nomlarni oʻz ichiga oladi[2]:
- Cotyledon lutea Lam;
- Cotyledon ovata Mill. — tuxumsimon Kotiledon, yoki oval Kotiledon;
- Crassula argentea Thunb. — kumushrang Semizak, yoki kumush Semizak;
- Crassula articulata Zuccagni;
- Crassula nitida Schönland;
- Crassula obliqua Aiton — qiya Semizak;
- Crassula portulacea Lam. — semizoʻt Semizak, yoki dorivor Semizak;
- Toelkenia ovata (Mill.) P.V.Heath.
Bogʻdorchilikda daraxtsimon Semizak (Crassula arborescens) deb ataluvchi oʻsimliklar, aslida, bu turga tegishli emas, balki tuxumsimon semizakka tegishli (Crassula ovata)[3].
Oʻsimlik boshqa koʻplab nomlar bilan ham tanilgan, ularning aksariyati umumiy ingliz nomlarining tarjimalari: pul daraxti (inglizcha: money tree), doʻstlik daraxti (friendship tree), jadeit daraxti, jadeit oʻsimligi (jade plant), omad daraxti (lucky plant).
Biologik tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuxumsimon Semizak — balandligi 180 sm gacha boʻlgan sukkulent buta oʻsimlik; poyalari yogʻochsimon va osti jigarrang tusda. Barglari koʻp, ponasimon, yaltiroq, baʼzan qizgʻish qirrali. Gullari kichik, mitti yulduzlarga oʻxshash, oq yoki och pushti gulkosali; gullash vaqti — kuz va qish oylari[3].
Tuxumsimon semizak tashqi koʻrinishidan Portulacaria oilasidan boʻlgan Afrika portulakariyasiga (Portulacaria afra) oʻxshaydi; Semizakdan farqli oʻlaroq, barglari kichikroq va juft boʻlib joylashmagan[3].
Yetishtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oval Semizak — mashhur xonaki va bogʻ oʻsimligidir, jumladan, balkonlar va verandalarda yetishtiriladi. Sovuqqa chidamli zonalar — 9 dan 11 gacha[3], 0 ga qadar qisqa muddatli yengil sovuqqa bardosh bera oladi.
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semizak Oblikva deb ataladigan tikanli barglari boʻlgan shaklga ega, bu tabiiy nav qalinroq tana va shoxlarga ega. Baʼzi naslli navlariga — Crassula ovata "Hobbit" kiradi, bu navning oʻsimliklari o tabyirik arglari bilan; Crassula ovata Crosby’s Compactʼ kichik barglari bilan[3] ajralib turadi.
Agrotexnikada
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suvning ortiqcha boʻlishini oldini olish uchun oʻsimlikni juda yorugʻ joyda yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Gullashga erishish uchun oʻsimlik yetarli darajada toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurini olishi kerak. Oʻsimlik oddiy, ammo yomon sharoitlarda u kambezak boʻlib qoladi; yorugʻlik yetishmasligidan yuqori qismi tortishib qolib, zaiflashadi va toʻkiladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Об условности указания класса двудольных в качестве вышестоящего таксона для описываемой в данной статье группы растений см. раздел «Системы APG» статьи «Двудольные».
- ↑ Crassula ovata (Mill.) Druce: informatsiya v baze dannix The Plant List.(ingl.)
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ботаника 2006.
- ↑ Севастьянов В. Craccula ovata — Толстянка овальная (27 августа 2011). Дата обращения: 12 марта 2012. Архивировано 6 июня 2012 года.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Crassula“, Ботаника. Энциклопедия «Все растения мира»: Пер. с англ.. М.: Könemann, 2006 — 261—263-bet. ISBN 3-8331-1621-8.