Ukraina — ozod qiluvchilarga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Ukraina — ozod qiluvchilarga" yodgorligi — Ukraina respublikasi, Zakarpatye viloyati Ujgorod shahrida oʻrnatilgan yodgorlik.

Meʼmorlar O. Stukalova va A. Snitsarev va haykaltaroshlar V. Znobi hamda I. Znobi loyihasi asosida barpo qilingan.

1970-yil 8-mayda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 25-yilligi munosabati bilan Ukraina SSR aholisi nomidan Sovet ozod qiluvchi askarlari sharafiga minnatdorchilik sifatida oʻrnatilgan.

Yodgorlikda bir qoʻlida ozodlik bayrogʻini, ikkinchisida avtomat koʻtargan askar haykali tasvirlangan. Bronzadan quyilgan haykal andezit tagkursiga oʻrnatilgan boʻlib, balandligi 11 metr va ogʻirligi 19 tonnani tashkil qiladi. Yodgorlik yonida „Ulugʻ Vatan urushi davrida Sovet qoʻshinlarining Ukraina SSRni fashist bosqinchilaridan ozod qilish uchun olib borgan janglari shu yerda yakunlandi“ degan yozuv bitilgan tosh ham bor.

Yodgorlik Ukraina va Slovakiya davlat chegarasi yaqinida, Ujgorod shahridan 1 km uzoqlikda Sobranetskaya koʻchasida, Ujgorod nazorat punkti yonida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]