Ukraina barokkosi
Ukraina barokkosi yoki kazak barokkosi yoki Mazepa barokkosi (ukraincha: Українське бароко або Козацьке бароко) – XVII—XVIII asrlarda Ukraina hududlarida keng tarqalgan meʼmoriy uslub. Ushbu uslub mahalliy meʼmorchilik anʼanalari va Yevropa barokkosining uygʻunligi natijasidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Yevropa taʼsiri tufayli XVI asr oxiridan boshlab zamonaviy Ukraina yerlari qoʻshni Moskva podsholigida hali nomaʼlum boʻlgan dunyoviy barokko sanʼat va meʼmorchilik shakli taʼsiriga uchraydi[1]. Tarixchi Sergey Ploxining soʻzlariga koʻra, 1633-yildan 1647-yilgacha Kiyev mitropoliti Petro Mogila Ukraina pravoslav cherkovini isloh qilish hamda cherkovni reformatsiya va aksilreformatsiya muammolariga moslashtirish harakatining bir qismi sifatida uslubni ishlab chiqishda hal qiluvchi rol oʻynagan[2]. Ukraina barokkosi 1687-yildan 1708-yilgacha kazak Hetman Ivan Mazepa davrida rivojining eng yuqori choʻqqisiga chiqqan. Mazepa barokkosi – Gʻarbiy Yevropa barokko meʼmorchiligi shakllari va Ukraina milliy barokko meʼmorchiligi anʼanalarining oʻziga xos sintezidir.
Uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina barokkosi Gʻarbiy Yevropa barokkosidan oʻrta darajali bezak va sodda shakllarga egaligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun koʻproq konstruktiv deya baholanadi. Ukrainaning koʻplab barokko uslubida qurilgan binolari, shu jumladan Kiyev Pechersk lavrasi va Kiyevdagi Vidubichi monastiridagi bir nechta binolar saqlanib qolgan. Tarixchi Andrew Wilson Kiyevdagi Avliyo Mixail Oltin gumbazli monastiri va Chernigovdagi Yekaterina monastiri bilan bir qatorda Kiyev Pechersk lavrasidagi Barcha Avliyolar cherkovi, Ustoz sobori va Troitsk darvozasini uslubning yaqqol namunalari sifatida tasniflaydi[3]. Kiyevdagi Avliyo Sofiya soborining tashqi koʻrinishi ham barokko uslubiga xos sezilarli oʻzgarishlarga uchragan[4]. Uslubning yana bir misoli – Subotivdagi Avliyo Elaydja cherkovi boʻlib, bu yerda 1653-yil Bogdan Xmelnitskiy jangda vafot etgan oʻgʻli Timishni dafn qilgan[5]. Cherkov ₴5 banknotda ham tasvirlangan.
Ukrainadagi barokko tasvirlarining eng yaxshi namunalari Kiyev Pechersk lavrasining Muqaddas Troitsk cherkovidagi rasmlardir. Gravyura texnikasining jadal rivojlanishi ham Ukraina barokko davrida sodir boʻlgan. Rivojlanish davomida murakkab ramziy tizim, allegoriyalar, geraldik belgilar va hashamdor bezaklardan foydalanilgan. XVII asrdan boshlab Ukrainada barokko adabiyotining ham gullab-yashnashi kuzatiladi va bu oʻz navbatida rus dunyoviy adabiyotining asoslarini yaralishiga turtki beradi[6].
Mashhur namoyandalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]XVIII asr oʻrtalarida Galitsiyada faol boʻlgan ukrainalik barokko haykaltaroshi Iogann Georg Pinsel 2012–2013-yillarda Parijdagi Luvrda maxsus koʻrgazma mavzusi boʻlgan. Shaklning oʻziga xos, mohir ekspressivligini va draperining oʻta shaxsiy tavsifini namoyish etgan Pinsel hozirda Yevropa barokko haykaltaroshligining yetakchi arbobi sifatida tan olingan[7]. Sankt-Peterburgdagi Qishki saroy va Tsarskoye Selodagi Yekaterina saroyi loyihasi orqali mashhur boʻlgan rus barokko meʼmori Bartolomeo Rastrelli ham Ukraina barokko uslubiga hissa qoʻshgan, Kiyevdagi Avliyo Andrey cherkovi va Mariinskiy saroyini loyihalashtirgan[8]. Hozirda saroy Ukraina prezidentining rasmiy qarorgohi sifatida foydalanilmoqda. Galitsiya-italyan meʼmori Bernard Merettini Ukraina yunon katolik cherkovi tomonidan bosh cherkov sifatida foydalanilgan Lvovdagi naqshinkor Avliyo Georgiy soborini loyihalashtirgan[9].
Taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ukraina barokkosining ayrim xususiyatlari XVII—XVIII asrlarda Moskvadagi Narishkin barokko qurilish harakatining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan[10][11]. Troyeshchina sobori kabi zamonaviy Ukraina cherkov binolari ham ushbu uslubda qurilgan, ammo bu ayni Ukraina barokkosiga xos emas. Ukraina barokko uslubining elementlari keyinchalik cherkovlar qurish ishlarida Ukraina-Kanada hamjamiyati tomonidan Kanada-Ukraina cherkovlariga xos boʻlgan yogʻochli cherkov arxitekturasiga moslashtirilgan[12].
Gallereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Vydubychi monastiridagi Avliyo Georgiy sobori, Kiyev, 1696
-
Pokrovskiy monastiri Xarkov, 1689
-
Muqaddas shafoat Podolsk cherkovi, Kiyev, 1766
-
Yekaterina cherkovi, Chernigov, 1715
-
Chernigov viloyatidagi Xustiniya monastiri Pyotr va Pavel cherkovi, 1693
-
Chernigov viloyatidagi Xustiniya monastirining Trinity cherkovi, 1674
-
Trinity cherkovi, Chernigov
-
Avliyo Sofiya sobori qoʻngʻiroq minorasi bezagining parchasi
-
Avliyo Nikolay sobori, Nijin. Ukrainadagi ilk barokko meʼmoriy yodgorliklaridan biri (1653).
-
Ivan Ilohiyotchi cherkovi, Nijin, 1757
-
Muqaddas Transfiguratsiya sobori, Izyum, 1682
-
Yeletskiy monastiri, Chernigov
-
Kirill Rozumovskiy uchun saroy, loyiha va fasad, Xluxiv
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wilson, Andrew. The Ukrainians: Unexpected Nation, 4th (English), New Haven and London: Yale University Press, 2015 — 119-bet. ISBN 978-0-300-21725-4.
- ↑ Plokhy, Serhii. The Gates of Europe. New York: Basic Books, 2015 — 115-bet. ISBN 978-0-465-07394-8.
- ↑ Wilson, Andrew. The Ukrainians: Unexpected Nation, 4th (English), New Haven and London: Yale University Press, 2015 — 142-bet. ISBN 978-0-300-21725-4.
- ↑ Wilson, Andrew. The Ukrainians: Unexpected Nation, 4th (English), New Haven and London: Yale University Press, 2015 — 142-bet. ISBN 978-0-300-21725-4.
- ↑ Plokhy, Serhii. The Gates of Europe. New York: Basic Books, 2015 — 116-bet. ISBN 978-0-465-07394-8.
- ↑ Plokhy, Serhii. The Gates of Europe. New York: Basic Books, 2015 — 125-bet. ISBN 978-0-465-07394-8.
- ↑ Scherf, Guilhem „Johann Georg Pinsel, A Baroque Sculptor in 18th-Century Ukraine“. Musée du Louvre. Musée du Louvre. 2012-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-aprel.
- ↑ Wilson, Andrew. The Ukrainians: Unexpected Nation, 4th (English), New Haven and London: Yale University Press, 2015 — 120-bet. ISBN 978-0-300-21725-4.
- ↑ Wilson, Andrew. The Ukrainians: Unexpected Nation, 4th (English), New Haven and London: Yale University Press, 2015 — 120-bet. ISBN 978-0-300-21725-4.
- ↑ Власов В. Г. Большой энциклопедический словарь изобразительного искусства В 8т. Нарышкинский стиль
- ↑ „The Meaning of the Domes in Orthodox Church Architecture“ (en-US). Holy Trinity Orthodox Church (OCA) (2014-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 28-aprel.
- ↑ Thomas Kordan, Diana (1988). "Tradition in a New World:Ukrainian-Canadian Churches in Alberta". Society for the Study of Architecture in Canada Bulletin 1 (13): 3. https://dalspace.library.dal.ca/bitstream/handle/10222/71649/vol13_1_3_7.pdf?sequence=1. Qaraldi: 27 February 2021.Ukraina barokkosi]]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ukraina barokko janridagi qoʻshiq va musiqalari. Audio fayllar
- Ukrainian baroque sculptor 18th century Ivan Georg Pinzel YouTubeda
- Baroque Encyclopedia of Ukraine
- Українська гравюра бароко: Майстер Ілля, Олександр Тарасевич, Леонтій Тарасевич, Іван Щирський (Wayback Machine saytida 2014-03-07 sanasida arxivlangan)