Kontent qismiga oʻtish

Ukrainadagi oʻzbeklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ukrainadagi oʻzbeklar Ukraina hududida yashovchi oʻzbek millatiga mansub aholi vakillarihisoblanadi. 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ukrainada 12353 nafar oʻzbek istiqomat qiladi. Oʻzbekistonliklar eng koʻp qismi Ukraina janubidagi Qrim yaqinida va Sevastopolda (3087 kishi), shuningdek, Donetsk (1244 kishi) va Dnepropetrovsk (1361 kishi) viloyatlarida ham koʻpchilikni tashkil etgan.

Tarixiy dinamika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholini roʻyxatga olish boʻyicha Ukraina SSR va Ukrainadagi oʻzbeklar sonining dinamikasi[1][2]:
1926-yil 1939-yil 1959-yil 1970-yil 1979-yil 1989-yil 2001-yil
23 12 962 8 472 10 563 9 862 20 333 12 353

Ukrainada oʻzbeklar II jahon urishidan oldin juda kamchilikni tashkil etgan. Jahon urushidan soʻng Sobiq Ittifoq hududi boʻylab kadrlarning koʻchishi va II-Jahon urushi oʻchoqlari Sharqiy Yevropa hududlarida kuzatilganligi sabab oʻzbeklar ushbu hududlarda tarqala boshlagan. Urush yillarida Ukraina hududlarida 10000 dan ziyod oʻzbek millati vakillari yashagan. Sobiq ittifoq tarqalmasdan oldingi aholini roʻyxatga olish natijalarida esa (1989-yilgi natijalar) 20333 ta oʻzbek millati vakillari roʻyxatga olingan. Sobiq Ittifoq tarqalgach barcha hududlarda millatlar aro migratsiya shakllanishi oqibatida Ukrainadan ham koʻplab oʻzbeklar boshqa hududlarga koʻchib ketgan.

Qayta joylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Ukrainadagi oʻzbeklarning urbanizatsiyalashuvi[3][2].
Yil Shaharlarda Qishloqlarda
1989-yil 16 851 (82,9%) 3 482 (17,1%)
2001-yil 8 642 (70,0%) 3711 (30,0%)

Ukrainadai oʻzbek millati vakillari 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra jami 12353 aholining 70,0% shaharlarda, 30,0% esa qishloqlarda yashagan. Mustaqil Ukraina hududida hozirda eng koʻp oʻzbeklar istiqomat qiladigan viloyat hududlari Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol, Donetsk viloyati, Dnipropetrovsk viloyati, Xarkov viloyati va Zaparojye viloyati, Lugansk viloyati, Xerson viloyati Odessa viloyatlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahrida nisbatan koʻp tarqalgan.

Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra Ukraina viloyatlaridagi oʻzbeklar sonining dinamikasi[4][3].
Hudud 1989-yil 2001-yil
Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol 876 3087
Vinnitsa viloyati 431 234
Volin viloyati 118 70
Dnipropetrovsk viloyati 1724 1 361
Donetsk viloyati 3 138 1 244
Jitomir viloyati 264 168
Transkarpat viloyati 442 70
Zaporojye viloyati 449 700
Ivano-Frankivsk viloyati 38 56
Kiyev viloyati 938 264
Kirovograd viloyati 443 165
Lugansk viloyati 1 179 635
Lvov viloyati 720 118
Nikolaevkskaya tumani 400 301
Odessa viloyati 1037 822
Poltava viloyati 1 394 250
Rivne viloyati 107 68
Sumi viloyati 308 156
Ternopil viloyati 92 53
Xarkov viloyati 2694 899
Xerson viloyati 815 396
Xmelnitskiy viloyati 369 153
Cherkas viloyati 286 212
Chernovtsi viloyati 119 57
Chernigov viloyati 219 126
Kiyev (shahar kengashi) 1733 688
Ukraina 20 333 12 353
Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra ukrain oʻzbeklarining ona tili[3][2].
Til 1989-yil 2001-yil
oʻzbek 71,5 % 29,2 %
rus 23,8 % 48,5 %
ukrain 3,5 % 14,7 %
Boshqa 1,2 % 2,6 %