Uloi Shoshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uloi Shoshiy (15-asr) – shoir, mudarris. Asli toshkentlik boʻlib, Samarqandda, Ulugʻbek madrasasida dars bergan. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da “donishmand kishi boʻlib, xushtabʼligini hamma eʼtirof etar, Samarqand ahli muammoda uni Mavlono Sharafiddin Ali Yazdiyga teng tutar edilar”, deb yozadi.

Madrasa zinasidan yiqilib, oyogʻi singanda Navoiy ham shogirdlariga qoʻshilib uni koʻrgani borgan va oʻsha yerning oʻzida “Ulo” nomiga muammo yozib, taqdim etgan:

Dur bod az tu dardi zahmati po,

Dushmanatro balo nasib-u ano.

(Mazmuni: “Sendan oyoq ogʻrigʻi dardi uzoq boʻlsin, dushmaningga balo va mashaqqat nasib boʻlsin”).

Navoiy chiqib ketganidan keyin kimligini soʻrab-surishtirgan Uloi Shoshiy uning nomiga ham muammo yozib, shogirdidan berib yuboradi:

Chashmi tu maro did-u manash ser nadidam,

Chun ser bubinam, zi tu in ast umidam.

(Mazmuni: Seni koʻzing meni koʻrdi-yu men uni toʻyib koʻrolmadim, sendan umidim uni bir bor toʻyib koʻrish)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.