Kontent qismiga oʻtish

Umar al-Bashir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Umar Hasan Ahmad al-Bashir
عمر حسن أحمد البشير
Mansab davri
16-oktabr 1993 – 11-aprel 2019
Hukumat boshligʻi Salva Kiir Mayardit
Ali Usmon Taha
Vorisi xunta
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-yanvar 1944-yil (1944-01-01) (80 yosh)
Hosh Bannaga, Ingliz-Misr Sudani
Siyosiy partiyasi Milliy Kongress
Turmush oʻrtogʻi Fotima Xalid
Mukofotlari Serbiya Respublikasi lentali ordeni

Umar Hasan Ahmad al-Bashir (arabcha: عمر حسن أحمد البشير, tavalludi: 1-yanvar, 1944), Sudan Prezidenti hamda Sudan Milliy Kongress firqasi raisi (1993-2019). Hukumat tepasiga 1989-yilgi toʻntarilish natijasida kelgan, bungacha u Sudan Qurolli Kuchlari polkovnigi edi. 2019-yilda harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan va uy qamogʻiga tashlangan.[1]

Umar al-Bashir hukumati 2004-yili Janubiy Sudanga muxtoriyat berib, XX asr ikkinchi yarmining eng qonli urushlaridan biri boʻlmish Sudandagi ikkinchi fuqarolar urushini yakunlashga muvaffaq boʻldi. Biroq al-Bashir hukumati Darfur ziddiyati va unda 200 000 dan 400 000[2] gacha odam oʻlimiga olib kelgan qatliom uchun masʼul koʻrilib, qatʼiy tanqid qilinmoqda. Ish hatto Xalqaro jinoiy mahkamasi (XJM) tomonidan al-Bashirni hibsga olish haqida qaror chiqarilishiga olib keldi (4-mart, 2009),[3] 2019-yil 14-dekabrda sud hukmi bilan umrbod axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi[4]. 2020-yil 24-mayda unga tegishli 4 milliard dollar musodara qilindi[5]

  1. Sudanda davlat toʻntarishi
  2. The Genocide in Darfur — Briefing Paper, 2007-05-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-03-09 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 23 (yordam)
  3. Warrant of Arrest for Omar Hassan Ahmad Al Bashir (PDF), 2009-03-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2009-03-09
  4. https://m.kun.uz/news/2019/12/15/sudanning-sobiq-prezidentiga-hukm-oqildi
  5. https://m.kun.uz/news/2020/05/25/sudanning-sobiq-prezidenti-umar-al-bashirdan-4-mlrd-dollar-musodara-qilindi