Kontent qismiga oʻtish

Ummon Arab Banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ummon Arab Banki
Turi OAJ
Xizmatlari
  • Chakana bank ishi
  • Korporativ bank ishi
  • Loyiha moliyalashtirish
Tarmogʻi
Egasi
Qachon asos solingan 1-oktyabr, 1984-yil(1984-10-01)
Boyligi RO2.5 billion (2019)[1]
Vebsayti oman-arabbank.com

Ummon Arab Banki ( arabcha: بنك عمان العربي ) — Ummondagi tijorat banki, 1984 yilda tashkil etilgan. U Arab Bank plc (49%), Ummon Xalqaro taraqqiyot va investitsiya kompaniyasi SAOG (31,63%) va boshqa jismoniy yoki korporativ aktsiyadorlarga (19,37%) birgalikda egalik qiladi[2].

2014-yilda bank raqamli transformatsiya strategiyasini yo‘lga qo‘ydi, bank kanallari va xizmatlarini zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali takomillashtirish, innovatsiyalar va iste’dodlarni boshqarish madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, strategik hamkorlik orqali qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali amalga oshirilgan[3]. Bosh direktor Abdul Qodir Ahmad Askalan 2013 yilda iste'foga chiqqan[4].

Ummon Arab Banki 2020-yil iyun oyida Alizz Islamic Bankning 100% ulushini sotib olgan va Al Yusr Islom banki oynasini Alizz Islamic Bank bilan birlashtirgan[5].

2020-yil 6-iyulda Ummon Arab Banki yopiq aksiyadorlik jamiyatidan ommaviy aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan bo'lib, uning aksiyalari Maskat qimmatli qog‘ozlar bozorida (MSM) ro‘yxatga olingan[6].

Ummon Arab Banki chakana bank ishi, korporativ bank ishi, loyihalarni moliyalashtirish, investitsiya banki, savdo moliyasi va islom banki kabilar sektorida faoliyat yuritadi.

  • Ummondagi banklar ro'yxati

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Chairman Message“. Oman Arab Bank.
  2. „About OAB“. Oman Arab Bank.
  3. „Oman Arab Bank Launches Step to the Future 2.0“. BusinessLiveME (2019-yil 11-oktyabr). 2020-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  4. „Resignation of the CEO of Oman Arab Bank“. www.ominvest.net. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.[sayt ishlamaydi]
  5. „Oman Arab Bank acquires Alizz Islamic Bank“. The Arabian Stories (2020-yil 21-aprel). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.
  6. „Oman Arab Bank lists shares on MSM“. Oman Observer (2020-yil 6-iyul). Qaraldi: 2020-yil 12-avgust.