Ummu Kulsum binti Uqba
Ummu Kulsum binti Uqba | |
---|---|
Tavalludi |
tax. 610 |
Vafoti |
tax. 654 (yoshi 43–44) Hijoz, Roshidun xalifaligi |
Turmush oʻrtogʻi | |
Otasi | Uqba ibn Abu Muayt |
Onasi | Arva binti Kariz |
Ummu Kulsum binti Uqba (arabcha: أُمُّ كُلثُوم بِنْتِ عُقبَة) (tax. 610–654) – islom paygʻambari Muhammadning sahobasi. Musulmon ayollar, jumladan, Ummu Kulsum Islomni qabul qilib, kofir erlarini tashlab ketayotgan vaqtda Qur’onning 60:10 oyati nozil boʻlgan[1]. Ushbu oyat musulmonlar jamiyatiga hijrat qilgan ayollarning iymonini sinashni, agar iymoni toʻgʻri boʻlsa, ularni kofir erlariga qaytarmaslikni buyuradi.
Hijrat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummu Kulsum Makkada tugʻilgan. Otasi Uqba ibn Abu Muayt, onasi Arva binti Kariz[2], xalifa Usmon uning ona bir akasi boʻlgan. Ularning onasi Arva binti Kariz paygʻambar Muhammadning birinchi amakivachchasi edi[3]:38.
Ummu Kulsumning otasi Uqba ibn Abu Muayt Muhammadning raqibi edi, biroq 622-yilga qadar u musulmon boʻlgan. Hijratdan keyin Ummu Kulsum Makkada qolgan[4]. Otasi Uqba esa 624-yilda Badr jangida halok boʻlgan[5].
628-yilda tuzilgan Hudaybiya shartnomasidan keyin Ummu Kulsum Xuzoa qabilasi aʼzosi bilan Makkadan Madinaga joʻnab ketdi. Ukalari Volid ibn Uqba va Ammara ham uning ortidan yoʻl olishdi va Madinaga ulardan bir kun oldin yetib kelishdi. Hudaybiya shartomasida Makkadan Madinaga qochib ketgan musulmonlar oʻz oilalariga qaytarilishi kerakligi qayd etilgan edi. Shunga koʻra, Volid ibn Uqba va Ammara Muhammaddan Ummu Kulsumni ularga qaytarishini soʻrashdi. Shundan keyin Muhammadga shunday vahiy kelgan[6]:
Ey, iymon kеltirganlar! Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kеlsalar, ularni imtihon qilib ko‘ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo‘minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu (ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo‘lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini (qaytarib) bеringlar. Va u(ayol)larni nikohlab olsangiz, agar mahrlarini bеrsangiz, sizlarga gunoh bo‘lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so‘ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so‘rasinlar. Bu sizlarga Allohning hukmidir. Orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir. (Dushman tarafdan kеlgan har bir kishini ham quchoq ochib kutib olinavеrmaydi. Chunki, dushman josus yuborishi ham mumkin.
— Qurʼon 60:10.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ummu Kulsum dastlab Zayd ibn Horisaga turmushga chiqqan. Ularning ikki farzandi boʻlib, Zayd ismli oʻgʻli goʻdakligida vafot etgan, Ruqayya ismli qizi esa Usmonning himoyasida hayot kechirgan. Keyinchalik, Zayd ibn Horisa Ummu Kulsum bilan ajrashgan va oradan koʻp oʻtmay, Mu’ta jangida halok boʻlgan[7]:32-33.
Shundan keyin Ummu Kulsum Zubayr ibn Avvomga turmushga chiqqan. Zubayr ayollarga nisbatan qattiqqoʻl inson boʻlgan, shu sababli Ummu Kulsum eridan ajrashishni soʻragan, biroq Zubayr uning bu iltimosini rad etgan. Zubayr namoz oldidan tahorat olayotgan vaqtda Ummu Kulsum uni yana bezovta qilgan va ajralishni soʻragan, shunda Zubayr xotinini bir taloq qilgan. Koʻp oʻtmay Ummu Kulsum ularning qizi Zaynabni dunyoga keltirgan. Islom shariatida ajrashgan ayolning iddasi (kutish muddati) farzand dunyoga keltirishi bilan tugaydi. Buni eshitgan Zubayr ayolining vaziyatni butunlay oʻzgartirib yuborganini sezgan va: „U meni aldadi, uni Alloh aldasin!“ deya shikoyat qilgan. Shundan soʻng paygʻambar Muhammad unga agar Ummu Kulsum bilan yarashishni istasa, unga yana turmush qurishni taklif qilishini maslahat bergan, biroq Zubayr hech qachon Ummu Kulsumning yoniga qaytmasligini aytib, rad javobini bergan[8].
Ummu Kulsumning uchinchi eri Abdurahmon ibn Avf edi. Ularning Muhammad, Ibrohim, Hamid (yoki Humayd), Ismoil, Hamida va Amat ar-Rahmon ismli olti farzandi boʻlgan[9]:97. Ummu Kulsum va Abdurahmoning nikohi yigirma yildan ortiq davom etgan. Abdurrahmon 653 yoki 654-yilda vafot etgan[10].
Abdurahmon ibn Avfdan beva qolgach, Ummu Kulsum Amr ibn al-Osga turmushga chiqqan. Oradan bir oy Ummu Kulsum vafot etgan[11].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 337. Oxford: Oxford University Press.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 162-163. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ al-Tabakat al-Kobra for Ibn Saʼd