Universitet xiyoboni
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Samarqand shahri |
Uzunligi | 2.3 km |
39°38′48.984000000003″N 66°57′42.983999999994″E / 39.64694000000000074°N 66.96193999999999846°EUniversitet xiyoboni (oldingi nomlari - Abramovskiy xiyoboni, Gorkiy xiyoboni[1]) — Samarqand shahrining markaziy koʻchalaridan biri va hiyoboni.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet hiyoboni Samarqandning markaziy qismida joylashgan. Universitet hiyoboni deb nomlanuvchi ko'chaning oʻrtasida baland daraxtlardan iborat hiyoboni bor. Shu hiyobon tufayli koʻcha ikki qismga boʻlingan. Universitet hiyoboni Hiyobon, Bo'stonsaroy, Shohrux Mirzo, Mustaqillik, Baxtiyor Hamidov, Abdurahmon Jomiy, Orzu Mahmudov, Nurobod va Usmon Yusupov koʻchalari bilan kesishadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet hiyoboni hududi va hiyobonning o'zi XIX asr oxirida tashkil etilgan. Turkiston general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman 1870-yilda yangi Samarqandning tuzilish rejasini tasdiqladi. 1871-yilda Samarqand gubernatori Aleksandr Konstantinovich Abramov boshchiligida eski va yangi shaharni ajratib turuvchi ko'plab daraxtlar bilan qoplangan "Abramovskiy hiyoboni"ni qurdi.
Asosiy markaziy hiyobonning kengligi 128 metr, uzunligi 1044 metr boʻlib, chinor, terak, qayragʻoch, akatsiya va ayantus bilan qoplangan 3 ta xiyobonga ega boʻlib, ikkita avtomobil yoʻli bilan o'rab olingan[2].
Universitet hiyoboni dastlab fuqarolarning dam olishi uchun markaziy joy sifatida yaratilgan.
Abramovskiy hiyobonni obodonlashtirish va qurishni harbiy muhandis, topograf va irrigator Aleksandr Nikolaevich Chernevskiyga topshirdi. Uning buyrug'i bilan daraxt va butalarning ko'chatlari biolog, harbiy gubernator Mixail Ivanovich Nevesskiyning uyida o'stirildi. Uning uyi Universitet hiyobonining g'arbiy qismida joylashgan.
Hiyobon qurilgach, Samarqandda ilk Yevropa tipidagi binolar paydo boʻldi. Hiyobon tashkil etilganidan keyin shahar ravnaq topdi va hiyobonning gʻarbiy tomonida yangi Samarqand paydo boʻldi. Yevropa va gotika uslubidagi tarixiy binolar tufayli hiyobon shaharning yevropalashgan qismiga aylandi. Ko'cha Rossiya imperiyasi va Sovet davridagi tarixiy esdaliklarga boy. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgunga qadar hiyobon “Abramovskaya” deb atalgan.
Binolar va inshootlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixiy binolar va yodgorliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Samarqand hokimining qarorgohi va uyi — 1888- yil
- Rossiya-Xitoy banki binosi - 1896-yil
- Ayollar gimnaziyasi - 1904-yil
Zamonaviy binolar va inshootlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Amir Temur haykali
- Samarqand shahar hokimligi
- "Samarqand" mehmonxonasi
- Prezident mehmonxonasi
- "City Hotel" mehmonxonasi
- Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻi
- Samarqand davlat chet tillar instituti
- Samarqand davlat universitetining koʻplab binolari va fakultetlari:
- SamDU bosh korpusining sobiq binosi
- SamDU bosh binosi
- SamDU ma'muriyati
- SamDU Iqtisodiyot fakulteti binosi
- SamDU Biologiya fakulteti binosi
- SamDU Fizika-kimyo fakulteti binosi
- SamDU qoshidagi akademik litsey
- 8-sonli umumta’lim maktabi
- Al-Beruniy nomidagi Samarqand shahar davlat kutubxonasi
- “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti ma’muriyati
- Samarqand tajriba zavodi
- "Shaboda" kafesi
- "Manon" klubi
- do'konlar, kafelar
- turar-joy binolari
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yer usti jamoat transporti hiyobon bo'ylab harakatlanadi. Unda taksilar, avtobuslar va maxsus taksilar qatnaydi. 1995-yillarning boshlarigacha trolleybuslar hiyobon boʻylab harakatlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Алескеров Ю.Н. Самарканд (Путеводитель) - Ташкент: Издательство ЦК КП Узбекистана, 1976 - с.296
- ↑ Татьяна ВАВИЛОВА - Русский Самарканд (Wayback Machine saytida 2021-07-19 sanasida arxivlangan) , Журнал «Камертон» № 10 - Август 2010
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Yangi" Samarqandning birinchi ko'chasi, VESTI. UZ, 2011-yil 14 oktabr
- Rossiya hukmronligi paytidagi Samarqand