Ural-mongoliya geosinklinal mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ural-mongoliya geosinklinal mintaqasi — Uraldan Markaziy Osiyo orqali Tinch okean sohillarigacha choʻzilib, quruqlikdagi joylarni egallagan, Yer poʻstining tektonik qarakatdagi mintaqasi. Bu mintaqa gʻarbda Sharqiy Yevropa, shim.sharqsa Sibir, janubida XitoyKoreya platformalari bilan chegaralangan. Jan.gʻarbda esa, Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi, sharkda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan birlashadi. U.M.g.m. oʻrnida togʻlarning vujudga kelishi tektogenezning bir necha epoxalari (baykal, salair, kaledon, gersin) mobaynida sodir boʻlgan. Mezozoy davriga kelib U.M.g.m. yosh platformaga aylangan. Mintaqa rivojlanishining barcha bosqichlari uchun intensiv magmatizm xosdir. Devon va kechki paleozoyning orogen davriga granitlar yirik massivining chuqurlashishi va yirik vulkanlarning yer ustiga otilib chiqishi toʻgʻri keladi. U.M.g.m.da temir, mis, oltin, qoʻrgʻoshin, rux, qalay, volfram rudalari konlari hamda platina, xrom konlari va toshkoʻmir uyumlari mavjud.