Volfram rudalari
Volfram rudalari - texnika va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlangan darajasida volfram miqdorini ajratib olishda foyda keltiradigan tabiiy mineral hosilalar. Volframning 20dan ortiq minerali (volframit (Mn, Fe) [WOJ, sheelit (CaWO4), gyubnerit Mn[WOJ va b.) maʼlum. V.r. tabiatda kassiterit (SnO2), molibdenit (MoS2), pyx, mis, qoʻrgʻoshin, sof oltin bilan birga uchraydi. Volframitda 74—76% gacha, sheelitda 80% gacha \YU3boʻladi. V. r.da koʻp miqdorda tantal va skandiy elementlari qoʻshimcha holida uchraydi. V.r. boyitish f-kalarida turli aralashmalardan tozalanib, gravitatsion, flotatsion metodlar bilan saralanib, konsentrat (50— 60%li) holiga keltiriladi. V.r. konlari hosil boʻlishiga qarab greyzen, kontakt-metasomatik, gidrotermal, pegmatit-pnevmatolit, shtokverkli turlarga boʻlinadi va granit intruzalari bilan genetik bogʻliq. Gidrotermal konlar V.r.ga boy. Skarnli va shtokverkli turlari eng katta konlar hisoblanadi. V.r. konlari granitlar keng tarqalgan rayonlarda uchraydi. Tub konlarning yuvilib ketishidan volframit va sheelitli delyuvial va allyuvial sochmalari hosil boʻladi. V.r.ning Oʻzbekiston (Nurota togʻlari) da, xorijiy mamlakatlardan RF (Baykalorti, Primore) Qozogʻiston, XXR, KXDR, Braziliya, Boliviya, Avstraliya, Portugaliya, Peru, Tailand, AQSH, Myanmada konlari topilgan. V. r.ning 80% ga yaqini yuqori t-raga chidamli qotishmalar, lak-boʻyoqlar va korroziyaga chidamli materiallar olishda hamda elektrotexnika, radiotexnika, tibbiyotda foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |