Kontent qismiga oʻtish

Usayd ibn Huzayr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Usayd ibn Huzayr (arabchada: سيد بن حضير الأوسي⁩, Usayd ibn Husayd al-Avs) Islom paygʻambari Muhammad (s.a.v)ning sahobasi. Islomni qabul qilishdan oldin Madina shahridagi Avs qabilasining yetakchisi edi.

Usayd ibn Huzayr ibn Sammok ibn Atiyk ibn Rofeʼ ibn Imriulqays.Madinaning Avs qabilasidan boʻlib, nasabda Saʼd ibn Muoz (r.a.) bilan bogʻlanadi. Otasi Huzayr ibn Sammok Avsning raislaridan edi. Onasi Ummu Usayd binti Sakan boʻlib, ikkinchi Aqabada imonga kelgan1 (Wayback Machine saytida 2022-11-07 sanasida arxivlangan).

Usayd ibn Huzayr ibn Simak ibn Atiyk ibn Umru' al-Qays ibn Zayd ibn Abd al-Ashhal ibn Jashm ibn Horis ibn al-Xazraj ibn Amr ibn Molik ibn Avs ibn Xorisa ibn Taʼlaba ibn Amr ibn Amir ibn Xorisa ibn Taʼlaba ibn Gʻasson ibn al-Azd ibn al-Gavs ibn Nabt ibn Molik ibn Zayd ibn Kahlan ibn Sabo ibn Yashjob ibn Yaʼrob ibn Qahtan ibn al-Ashhali al-Avsiy.

Islomni qabul qilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrat Usayd nihoyatda kamtar, lekin shijoatda oʻtkir, xayr-saxovatda ilgʻor zot edi. Islomga qadar oʻz qabilasi, qolaversa, atrofdagi arab qabilalari orasida mohir jangchi va mergan sifatida tanilgan. Islomga kirishiga Mus'ab ibn Umayr (r.a.) sababchi boʻldi. U kishiga ergashib, Saʼd ibn Muoz ham imon keltirdi. Usayd ibn Huzayr Mus’ab ibn Umayrdan Qur’onni oʻrganib, u zotning vetuk shogirdlaridan biriga aylandi. Qiroati nihoyatda yoqimli va oʻta shirali boʻlgan. Hijratdan keyin Usayd ibn Huzayr koʻp janglarda ishtirok etdi. Jang maydonida qoʻllanishi mumkin boʻlgan hiyla va usullar yuzasidan doim Rasululloh (s.a.v.) bilan maslahatlashib turdi. Shunday voqealardan biri Xandaqda sodir boʻldi. Jangda musulmon askarlarining zaiflashib borishi kuzatildi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) dushman bilan muzokaraga kirishishni ham reja qildilar. Lekin Usayd ibn Huzayr, Saʼd ibn Uboda va Saʼd ibn Muoz jonbozlik koʻrsatib, Rasulullohni bu fikrdan qaytishga koʻndirdilar. Tez orada jang musulmonlar foydasiga hal boʻldi2[sayt ishlamaydi].

Donishmandligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usayd ibn Huzayr sahobiylar orasidagi baʼzi kelishmovchiliklarni isloh qilish borasida dono maslahatlarini bera olgan. Paygʻambarimiz musulmonlar xalifasini tayinlash vaqtida ham unga xos boʻlgan sifatlar ish berdi. Abu Bakr islom davlatining boshligʻi Qurayshdan boʻlishi kerak degan soʻzda qattiq turdi. Natijada, muhojir va ansorlar oʻrtasida tortishuv boshlandi. Vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Usayd ibn Huzayr soʻz olib, ansorlarni tinchlantira oldi, musulmon ummatini katta xatardan saqlab qoldi. Bu bilan islom tarixida jiddiy muammoga toʻgʻri yechim topib, adolat bobida. Paygʻambar (a.s.)ning chinakam ummati ekanini isbotladi. U kishi ansorlarga aytdi: „Rasululloh muhojirlardan boʻlganlarini bilasiz. Demak, u zotning xalifalari ham muhojirlardan boʻlishi lozim. Biz Rasulullohning ansorlari boʻldik va bugun ham u zot xalifasining ansorlari boʻlishimiz kerak“. Bu soʻzlar majlis ahliga manzur keldi. Abu Bakr Siddiq davrida oʻz maslahatlari bilan doim hozir boʻldi. Xastalik yetib, Abu Bakr oʻzidan keyingi xalifani saylash xususida huzuriga Usayd ibn Huzayr, Usmon ibn Affon, Abdurahmon ibn Avf, Said ibn Zaydni chorladi. Barchaning fikri bir ovozdan Umar ibn Xattob nomzodida toʻxtadi. Usayd ibn Huzayr hazrat Umar paytida ham davlatning yirik arboblaridan biri boʻldi.

Usayd ibn Huzayr 641 (hijriy 20) yili shaʼbon oyida vafot etdi. Janozasini Umar ibn Xattob oʻqidi.

Foydalanilgan adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.https://islom.ziyouz.com/siyrat/sahobalar/usayd-ibn-huzayr 2.https://azon.uz/content/views/sahobalar-hayotidan-usayd-ibn-huzayr