Usmon ibn Umar Qatavoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Usmon ibn Umar Qatavoniy — (XI—XII asrlar) muhaddis. Toʻliq ismi Abu Umar Usmon ibn Umar ibn Husayn ibn Ali ibn Amr Qatavoniy Samarqandiy.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmon ibn Umar Qatavoniy Ustrushaning Qatavon qishlogʻida tavallud topgan boʻlib, dastlabki ilmlarini shu yerda olgan. Keyinchalik ilm talabida Samarqandga keladi va shu yerda muqim qolib yashay boshlaydi. Muhaddis Usmon ibn Umar Qatavoniy Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad Samarqandiy kabi olimlardan koʻplab hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmon ibn Umar Qatavoniy hijriy 514-yil (milodiy 1120-yilda) Samarqandda vafot etgan. Oʻsha yerdagi Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atayev M., «Jizzax allomalari», 88-bet.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. «Imom Buxoriy xalqaro markazi» [2016] — 510 bet.