Usta Olim Komilov
Usta Olim Komilov | |
---|---|
Tavalludi |
1875-yil |
Vafoti |
1953-yil 3-aprel Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi |
|
Unvoni | Sotsialistik Mehnat Qahramoni |
Usta Olim Komilov (1875, Margʻilon — 1953-yil 3-aprel Toshkent) — sozanda (doira, nogʻora, chang), milliy kuy, usul va raqslar bilimdoni, pedagog, oʻzbek sahnaviy raqs sanʼatining asoschilaridan. Mehnat Qahramoni (1932), Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Margʻilonda Masaid otadan doira chalishni oʻrgangan. Dastlab Margilon yallachilari, sozandalarga joʻrnavozlik qilib, toʻy, sayil, keyinchalik choyxonalarda xizmat qilgan. Oʻzbek davlat konsertetnografik truppasi (1929-yildan Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1939-yildan Oʻzbek davlat opera va balet teatri)da doirachi; raqs studiyasida dars bergan (1926-43).
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usta Olim 1875-yilda Marg‘ilonda kambag‘al to‘quvchi oilasida tug‘ilgan, ota-onasi uning savodli bo‘lishini xohlardi. Ammo oilasi uni maktabga yuborishga imkoni bo‘lmagan va o‘n yoshida otasining o‘limidan yetim qolganidan so‘ng Usta Olim kunlik mardikor bo‘lib ishlay boshlagan, lekin keyinchalik u vagonchi tog‘asinikida yaxshi yashash umidida Samarqandga ko‘chib ketgan va togʻasining qoʻl ostida ishlay boshlagan ammo togʻasi unga oʻn yildan koʻproq vaqt davomida haq toʻlamagan. Usta olim musiqaga qiziqqan, boʻsh vaqtlarida tambur va doira chalishni oʻrgana boshlagan. Shunday qilib, Komilov Marg‘ilonga qaytib, hunarmand bo‘lib ishlaydi va u yerda musiqa mahoratini oshirib borish bilan birga boshqa o‘zbeklarga doira chalishni o‘rgata boshlaydi[1][2][3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usta Olim oʻzbek raqs sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan. U toʻplagan va oʻzi yaratgan oʻzbek raqsi usullari raqqosalar uchun asosiy qoʻllanma boʻlib qoldi. Usta Olim Tamaraxonim va M. Turgʻunboyeva kabi raqqosalar ustozidir. Tamaraxonim bilan ijodiy hamkorlikda qadimiy oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan, ularning ayrimlarini raqqosalar ansambli ijrosiga moslashtirgan („Zang“, „Gul oʻyin“, „Sadr“, „Daromadi gul oʻyin“ va hokazo), yangi „Pilla“, M. Turgʻunboyeva bilan „Paxta“, oʻzi „Tantana“ raqslarini yaratgan. „Farhod va Shirin“ (Xurshid pyesasi; V. Uspenskiy, G. Mushel musiqasi), „Gulsara“ (Komil Yashin, M. Muhamedov; R. Glier) spektakllariga raqslar sahnalashtirgan, „Paxta“ (N. Roslavets, 1933), „Shohida“ (F. Tal, 1939) baletlarini sahnalashtirishda qatnashgan.
Usta Olim ijrosidagi xalq doira usullarining koʻpi Il. Akbarov („Doyra usullari“, T., 1952), V. Uspenskiy, Ye. Romanovskayalar tomonidan yozib olingan. Usta Olimning ijro uslubi zarblar jilvadorligi qamda tembr vositalarining xilmaxilligi bilan ajralib turadi. T. Inogʻomov, K. Azimov, A. Toʻychiyev va boshqa doirachilarga ustozlik qilgan.
Moskvada oʻtkazilgan milliy teatrlar olimpiadasi (1930), oʻzbek sanʼati dekadasi (1937) qatnashchisi (dekadada ijro etilgan „Sayil va kolxoz toʻyi“ inssenirovkasining yaratuvchilaridan). Usta Olim doiraning boy ifoda imkoniyatlarini chet mamlakatlarda ham namoyish qilgan.
Rus inqilobidan keyingi musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usta Olim Rossiya inqilobidan keyingi mitinglar va Qizil Armiya uchun musiqa ijro etish uchun havaskor musiqa guruhlarini tashkil etishda ishtirok etdi. 1920-yilga kelib faqat musiqa sohasida ishladi, o‘z ona shahridagi choyxonalarda, maktab-internatda musiqa to‘garaklarini tashkil qildi. 1924—1926-yillarda Oʻzbekiston SSR boʻylab dars berish uchun musiqa oʻqituvchilari tayyorlash maqsadida 26 kishidan iborat oʻzbek musiqachilari guruhini tanlash va tashkil etish ustida ishladi. 1926-yilda Muhitdin Qoriyoqubov boshchiligidagi oʻzbek etnografik truppasida, 1929-yilda esa oʻzbek musiqa va raqs jamoalarida ish boshladi[1][3]. Keyinchalik u Tamaraxonim bilan birga oʻzi ijro etgan qoʻshiqlarga raqslarni loyihalash va moslashtirish ustida ishlagan[4][5].
Usta Olim oʻz musiqasini koʻplab nufuzli tadbirlarda, jumladan, 1930-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Milliy teatr olimpiadasida va 1935-yilda Londonda boʻlib oʻtgan Xalqaro raqs festivalida Tamaraxonimning raqs dasturi uchun musiqa ijro etgan[4]. Garchi u yerda medallar faqat raqslar uchun topshirilgan bo‘lsa-da, Angliya qirolichasi uning musiqiy ijrosidan shunchalik hayratda qolganki, uni oltin medal bilan taqdirlagan[6]. Hughes Oʻzbekiston SSR boʻylab gastrol safari chogʻida Usta Olim bilan uchrashgan[7].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usta Olim 1953-yil 3-aprelda Toshkentda vafot etgan[3].
Qadrlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Usta Olimning kaftlaridan olingan gips nusxa Angliya muzeyida saqlanadi. 1937-yilda Oʻzbekiston SSR xalq artisti, 1932-yilda esa Mehnat Qahramoni unvoni, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini olgan[8]. Fargʻonadagi 1ta musiqa maktabi, Toshkent va Margʻilondagi koʻchalardan biriga „Usta Olim“ nomi berilgan[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Уста Алим Камилов“ (ru). Sovetskoe iskusstvo (1937-yil 5-iyun), s. 3.
- ↑ "Камилов Уста-Алим". Театральная энциклопедия: Гловацкий-Кетуракис. Moscow: Sovetskaya entsiklopedia. 1963. p. 1101. https://books.google.com/books?id=I3jRAAAAMAAJ.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Abidov, T.. „Болшебная дойра“ (ru). Pravda Vostoka (1976-yil 14-sentyabr), s. 3.
- ↑ 4,0 4,1 "Уста Олим Комилов". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 9. Tashkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2005. p. 143. https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20U%20harfi.pdf.
- ↑ Hughes, Langston (1934). "Tamara Khanum: Soviet Asia's Greatest Dancer". Theatre Arts Monthly (November): 828-835.
- ↑ Vercoe, Rosa. „Ўзбекистон ва Британия: 1935 йил Лондонда Тамарахоним қандай кутиб олинган ёхуд Усто Олим салласи сири“ (uz). BBC (2019-yil 22-oktyabr).
- ↑ Iaroslavtsev, Nicholas „Langston Hughes' Visit to the Soviet Union (1932-1933) •“ (en-US) (2018-yil 8-mart). Qaraldi: 2023-yil 24-may.
- ↑ Grigorovich, Yuri, ed (1981). "Камилов Уста Алим". Балет: энциклопедия. Moscow: Sovetskaya entsiklopedia. p. 235. http://dancelib.ru/baletenc/item/f00/s01/e0001203/index.shtml.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Obidov T., Us t a Olim Komilov, T., 1958.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |