Ustoz oshxonasi
Ustoz oshxonasi | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Anwar Rasheed |
Prodyuser(lar) | Listin Stephen |
Ssenariynavis(lar) | Anjali Menon |
Rollarda |
Thilakan Dulquer Salmaan Nithya Menen |
Sharhlovchi(lar) | Mamukkoya |
Bastakor(lar) | Gopi Sunder |
Kinematografiya | Loganathan Srinivasan |
Muharrir(lar) | Praveen Prabhakar |
Studiya(lar) | Magic Frames |
Distribyutor | Central Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Davomiyligi | 150 daqiqa |
Mamlakat | Hindiston |
Til | Malayalam |
Daromadi |
₹15 crore[1] [2] |
Ustoz oshxonasi yoki Ustod oshxonasi[3] (inglizcha: „Ustad Hotel“) — rejissyor Anwar Rasheed tomonidan suratga olingan 2012-yilgi hind malayalam tilidagi drama filmi[4].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keralada Abdulrazzoq va Farida ismli musulmon juftlik farzand kutishmoqda. Abdulrazzoq tugʻilajak farzand oʻgʻil boʻlishni xohlaydi va bolaning ismini Fayzi deb qoʻymoqchi boʻladi. Lekin Farida qizaloq tugʻadi. Bundan soʻng Farida yana uchta qizni dunyoga keltiradi, lekin Abdulrazzoq bundan xursand boʻlmaydi. U oʻgʻli boʻlishini va unga Fayzi deb ism qoʻyishni xohlaydi. Farida yana homilador boʻladi va nihoyat oʻgʻli tugʻadi, lekin oʻzi vafot etadi.
Abdulrazzoq 5 farzandi bilan Dubayga ketadi. Kenja farzandi Fayzi opalari qoʻlida tarbiya topadi. U koʻproq oʻgʻil bolalar ishini emas, balki qizlarning yumushlarini sevib qiladigan, taom pishirishni juda ham yaxshi koʻradigan boʻlib voyaga yetadi. Uning opalari birin-ketin turmushga chiqishadi. Otasi ham ikkinchi marta turmush quradi.
Kunlardan bir kun Fayzi uchun Shveytsariyada oʻqish uchun katta imkoniyat paydo boʻladi va bundan foydalanib oshpazlik boʻyicha tahsil olib qaytadi. Qaytib kelganida otasi uni uylantirishni, unga mehmonxona ochishni reja qilganini aytadi, lekin Fayzi otasi aytganini qilmaydi. U bobosining oldiga boradi va undan oshpazlik sirlarini oʻrganishga kirishadi. Bu orada bir mehmonxonaga oshpaz boʻlib ishga kiradi.
Fayzi ishlayotgan mehmonxona bobosining oshxonasini sotib olmoqchi, u yerda mehmonxonasini kengaytirmoqchi boʻladi. Fayzi esa oshxona hodimlari va avval uchrashuvga chiqqan qizi Shahana bilan hamkorlikda bobosining oshxonasini qayta ochishadi va muvaffaqiyatga erishadilar.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dulquer Salmaan — Faizal "Fayzi" Abdulrazzoq;
- Mohammed Fizan — Fayzining yoshligi;
- Thilakan — Karim Ikka;
- Jagan Reju — Karimning yoshligi;
- Nithya Menen — Shahana;
- Siddique — Abdulrazzoq Muhammad;
- Assim Jamal — Moideen;
- Mamukkoya — Umar;
- Kunchan — Abdullohning havdovchisi;
- Jayaprakash — Narayanan Krishnan[5];
- Manian Pillai Raju — Chef Babu;
- Praveena — Farida;
- Lena — Fotima;
- Meghna Nair — Fausia;
- Mythili — Feruza;
- Sija Rose — Fazeeha;
- Bhagath Manuel — Band guruhi aʼzosi[6];
- Sreenath Bhasi — Band guruhi aʼzosi[7];
- Littil Swayamp — Band guruhi aʼzosi[8];
- Joseph Chakola as a Band member[7];
- Jinu Joseph — Beach Bay Group raisi;
- Prem Prakash — bank menejeri;
- Prayaga Martin — Shahananing singlisi;
- Theepetti Ganesan — Ismoil;
- Malavika Nair — Moulavining qizi;
- Sal Yusuf — Oshpaz (dublyaj);
- Avinash Sivadas Vettiyattil — bezori;
- Dominica — Christina;
- Ashwathy — Jenny;
- Sithara — Shakela;
- Arafaath Ansaari;
- Vishnu Vijayan;
- Tinu Thomas Kannur;
- Jishnu Raghavan — Meharoof[9];
- Asif Ali — oʻzi;
- Jagapathi Babu — Pepe;
- Raj Kalesh — muhbir;
- Dinesh Prabhakar — yangiliklar muxbiri;
- Kalabhavan Shajon — haydovchi;
- Suvith Krishna.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Year of small films at southern box-office“ (2012-yil 25-dekabr). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-dekabr.
- ↑ „Meet the top five show stealers of 2012“. The Times of India (2012-yil 14-dekabr). 2016-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-may.
- ↑ uzmovi.com. „USTOD OSHXONASI“.
- ↑ Nagarajan, Saraswathy. „Beachside hotel“ (2012-yil 21-iyun). 2012-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyun.
- ↑ „Narayanan Krishnan – The real inspiration behind the latest Malayalam movie Usthad Hotel“. 2012-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-oktyabr.
- ↑ Ammu Zachariah.. „Bhagath all praise for Anwar Rasheed“ (2012-yil 3-mart). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 Ammu Zachariah.. „When Bhagath Manuel turned tutor“ (2012-yil 28-fevral). 2013-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
- ↑ L Romal M Singh.. „I prefer being behind the camera: Littil Swayamp“ (2012-yil 9-oktyabr). 2012-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-oktyabr.
- ↑ „5 memorable faces of Jishnu“ (en). www.onmanorama.com (2016-yil 25-mart).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Ustoz oshxonasiga tegishli iqtiboslar mavjud. |