Kontent qismiga oʻtish

Uyqudagi Amur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uyqudagi Amur (italyancha: Cupido dormiente; shuningdek, „Uyqudagi Kupidon“)[1] — 1496-yilda Mikelanjelo tomonidan yaratilgan va antik yodgorlik sifatida sotilgan, Amurning yoʻqolgan marmar haykali[2].

Ushbu haykalni badiiy mistifikatsiyaning klassik namunasi deb hisoblash mumkin: Mikelanjelo uchun bu jiddiy muammo edi — uning asari antik namunalar bilan raqobatlasha oladimi[3][4].

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vazarining yozishicha, Mikelanjelo Buyuk Lorensoning amakivachchasi Lorenso di Pyerfranchesko de Medici uchun Choʻqintiruvchi Ioann va Uxlayotgan Amur haykallarini yasagan. Kondivining soʻzlariga koʻra, buyurtmaning sharti asarga shunday ishlov berish kerak ediki, ularni antik haykallardan koʻra qimmatroqqa sotish imkoniyati boʻlishi kerak edi[5], Paolo Jovio esa Mikelanjeloning oʻzi haykalni antik sifatida sotmoqchi boʻlganini taʼkidlaydi. Vazarining soʻzlariga koʻra, Pyerfranchesko haykaltaroshga haykal qadimiyroq koʻrinishi uchun yerga koʻmishni va Rimda uni ancha qimmatroqqa sotishni maslahat bergan.

Bir versiyaga koʻra, Mikelanjelo haykalni Baldassare del Milaneze (italyancha: Baldassare del Milanese), antiqa buyumlar sotuvchisiga sotgan, u esa uni San-Jorjio-in-Velabroda kardinali Rafael Riarioga qayta sotgan[6]. Kardinal qalbakiligini bildi, lekin ishning mahoratiga shunchalik qoyil qoldiki, natijada yosh ustani Rimga taklif qildi. Milaneze kardinalga haykal uchun olgan pullarini-qaytarib berdi va kardinal unga Amurni berdi. 1496-yil 2-iyuldagi Lorenso di Pyerfranchesko de Medichiga yoʻllagan maktubida Mikelanjelo bolani (italyancha: bambino) Milanezedan sotib olmoqchi ekanligini yozgan, lekin u buni qilgandan koʻra, haykalni sindirishni afzal koʻrishini aytadi[6].

Keyinchalik, haykal Chezare Borjianing qoʻliga tushadi, u 1502-yilda uni Izabella dʼEstega, Mantua Markgrafinyasiga[6] sovgʻa qiladi. 1630-yilda Mantua talon-toroj qilinganidan keyin (italyancha: sacco di Mantova) Gonzaga uyining butun kolleksiyasini, shu jumladan Uyqudagi Amurni ham Karl I oʻzining Uaytxolldagi (London) qarorgohiga olib ketdi[6]. 1698-yil 4-yanvarda butun saroy yonib ketdi[7].

Tintoretto. Venera, Vulkan va Mars (fragment)

Sanʼatdagi obrazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Julio Romano. Yupiterning tugʻilishi (fragment)

Julio Romanoning Yupiterning tugʻilishi kartinasi 1530-yillarning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Yosh Yupiter — Mikelanjeloning yoʻqolgan Amurning tasviri boʻlishi mumkin[8]. Rasm Londondagi Milliy galereyada saqlanadi[9].

XVI-asrning ikkinchi yarmida Tintorettoning „Venera, Vulkan va Mars“ kartinasi yaratilgan. Orqa fonda uxlab yotgan Amurning surati. Rasm Myunxendagi Eski Pinakotekda saqlanadi.

Karel Shultsning „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida bu haykal „chiroyli uxlab yotgan yalangʻoch Kupidon“[10] sifatida tasvirlangan.

  1. Вазари 1970.
  2. Микеланджело, 1983, с. 121.
  3. Scigliano 2005.
  4. Микеланджело, 1983, с. 93.
  5. Condivi 1999.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Микеланджело 1983.
  7. „Palace of Whitehall Burns“. www.information-britain.co.uk. 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  8. Keith, 2003.
  9. „The Infancy of Jupiter“. www.nationalgallery.org.uk. 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-mart.
  10. Шульц 2007.