Vadim Tyulpanov
Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Tavalludi |
8-may 1964-yil Leningrad, RSFSR, SSSR |
Vafoti |
4-aprel 2017-yil Sankt-Peterburg, Rossiya |
Siyosiy partiyasi | Yedinaya Rossiya |
Vadim Albertovich Tyulpanov (8-may 1964-yil, Leningrad – 4-aprel 2017-yil, Sankt-Peterburg[1]) – rus davlat arbobi. Nenets avtonom okrugi davlat hokimiyati ijro etuvchi organi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining aʼzosi, Federatsiya Kengashining Parlament faoliyatini tashkil etish va reglament qoʻmitasining raisi. Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi raisi (2003–2011).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vadim Albertovich 1986-yilda Admiral S. O. Makarov nomidagi Leningrad oliy dengiz muhandislik maktabini bitirgan.
2009-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vadim kollejni tugatgach, Boltiq dengizi kemalarida mexanik boʻlib ishlagan.
1993-yilda „Mercury Transport Company“ YoAJ dengiz transporti kompaniyasiga asos solgan[2].
Tyulpanov 1997-yil iyul oyida taʼsis etuvchi boʻlgan va Sankt-Peterburg mintaqaviy nafaqaxoʻrlar va kambagʻallarni huquqiy himoya qilish jamgʻarmasi boshqaruvi raisi etib saylangan.
Siyosiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vadim 1998-yil fevral oyida Kirov tumani 27-sonli munitsipal okrugi shahar kengashi deputati etib saylangan.
1998-yildan 2-5-chaqiriqlar Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi deputati etib saylangan.
Vadim Albertovich 1999-yil iyul oyidan transport kompleksi boʻyicha komissiya raisi, keyinchalik 2001-yil iyundan Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi raisining oʻrinbosari boʻlib faoliyat yuritgan.
Tyulpanov 2002-yil dekabrdan „Yedinaya Rossiya“ partiyasi aʼzosi boʻlgan.
Tyulpanov 2003-yil yanvaridan 2011-yil dekabrigacha Sankt-Peterburg Qonunchilik Assambleyasi raisi etib tayinlangan. 2003-yil mart oyidan boshlab Butunrossiya siyosiy partiyasi „Yedinaya Rossiya“ Sankt-Peterburg mintaqaviy boʻlimi tarafdorlari kengashi raisi boʻlgan.
2004-2012-yillarda „Yedinaya Rossiya“ Butunrossiya siyosiy partiyasi Sankt-Peterburg mintaqaviy boʻlimida siyosiy kengash kotibi boʻlib ishlagan.
2011-yil dekabr oyida beshinchi chaqiriq Sankt-Peterburg Qonunchilik majlisidan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi aʼzosi etib saylangan.
Vadim Federatsiya Kengashining Iqtisodiy siyosat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, keyin esa Federatsiya Kengashining Reglament va parlament faoliyatini tashkil etish qoʻmitasi raisi boʻlgan.
Tyulpanov 2013-yildan „Yedinaya Rossiya“ partiyasi tarafdorlari markaziy kengashi prezidiumi aʼzosi hamda 2013-yildan 2016-yilgacha „Yedinaya Rossiya“ partiyasi Oliy Kengashi aʼzosi boʻlgan.
2014-yil sentyabr oyida unga Nenets avtonom okrugi maʼmuriyati vakili[3][4] vakolatlari berilgan.
Vadim Albertovich 2015-yil iyul oyida Rossiya Federatsiyasi Kengashida FIFA Jahon Chempionati 2018 tayyorgarliklarini nazorat qilish boʻyicha tuzilgan vaqtinchalik komissiyaga rahbarlik qilgan[5]. 2015-yil sentabr oyida 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionatiga tayyorgarlik dasturini muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzosi boʻlgan[6].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tyulpanov 2017-yil 4-aprelda Sankt-Peterburgda, Kirovskiy tumanidagi „Oazis“ sport-sogʻlomlashtirish majmuasi hammomida vafot etgan. U hammomda yiqilib, boshi bilan urilgan va natijada bosh suyagi singan[7]. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam brigadasi jabrlanuvchining oʻlimini tasdiqlagan[8]. 2017-yilning 5-aprelida senatorning oʻlimiga yurak ishemik kasalligi sabab boʻlgani maʼlum boʻldi. Mutaxassislar yiqilish va jarohatlar yurak xuruji natijasi degan xulosaga kelishgan[9].
Dafn marosimi 7-aprel kuni Sankt-Peterburgdagi Novodevichye qabristonida boʻlib oʻtgan[10].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vadim oilali. Ikki nafar farzandi, qizi Milana hamda oʻgʻli Vladislav bor edi.
Milana 2015-yil 27-iyunda futbolchi Aleksandr Kerjakovga turmushga chiqqan[11]. 2018-yil 13-mayda Kerjakov bilan munosabatlarni uzganini eʼlon qilgan[12]. 2018-yil 28-dekabrda Kerjakov oʻz xotiniga qarshi politsiyaga ariza topshirib, uni qotillikka tayyorgarlik koʻrishda ayblagan[13].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2014-yil 25-dekabrda Rossiya parlamentarizmini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va faol qonunchilik faoliyati uchun IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni[14]
- 2007-yil 1-martda qonunchilik faoliyatidagi faol ishtiroki uchun „Shon-sharaf“ ordeni
- „Sankt-Peterburgning 300 yilligi“ medali[15]
- 2005-yil 3-mayda „Moskvaning Muqaddas knyazi Daniil“ ordeni[16]
- 3-darajali „Muqaddas Serafim Sarov“ ordeni[17]
- „Qozonning 1000 yilligi“ medali
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Петербурге скончался сенатор Вадим Тюльпанов“. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-aprel.
- ↑ „Акционерное общество очень закрытого типа «ЗАКС СПб»“. 2008-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-may.
- ↑ „Губернатор назначил сенатора от Администрации Ненецкого автономного округа“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Тюльпанов вступил в должность сенатора от Ненецкого автономного округа“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-oktyabr.
- ↑ „В Совфеде создана комиссия по контролю за подготовкой к ЧМ-2018 - ИА REGNUM“. ИА REGNUM. 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
- ↑ „Тюльпанов вошел в состав Координационного совета программы подготовки к проведению ЧМ-2018“. ТАСС. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-noyabr.
- ↑ „СМИ сообщили о смерти сенатора от Ненецкого округа Вадима Тюльпанова“. 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ „По факту смерти Вадима Тюльпанова организована доследственная проверка“. 2017-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ „Стала известна причина смерти сенатора НАО Вадима Тюльпанова“. 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-aprel.
- ↑ „Тюльпанова похоронят на Новодевичьем кладбище в Петербурге — Происшествия — Новости Санкт-Петербурга — Фонтанка. Ру“. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
- ↑ «Собака.ru». „Кержаков женился на дочери сенатора Совета Федерации“ (2015-yil 27-iyun). 2015-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-iyun.
- ↑ „«Падший человек»“ (ru). Рамблер/спорт. Qaraldi: 2020-yil 21-oktyabr.
- ↑ „Кержаков обвинил жену в планировании заказного убийства | Novosti | Izvestiya | 28.12.2018“. 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-dekabr.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 25 декабря 2014 года № 810 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.
- ↑ „Биография на сайте Совета Федерации“. 2013-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Алексий II наградил Вадима Тюльпанова орденом — Росбалт.ру“. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Патриарх наградил Тюльпанова и Грызлова орденом Серафима Саровского | IA „Dialog““. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
- Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni sohiblari
- Sankt-Peterburgda vafot etganlar
- 2017-yilda vafot etganlar
- 4-aprelda vafot etganlar
- Sankt-Peterburgda tugʻilganlar
- 1964-yilda tugʻilganlar
- 8-mayda tugʻilganlar
- Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya)
- Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari