Kontent qismiga oʻtish

Vahb ibn Abdumanof

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vahb ibn Abdulmanafdan yoʻnaltirildi)
Vahb ibn Abdumanof
Shaxsiy maʼlumotlar
Turmush oʻrtoq(lar)i Barra bint Abdul Uzzo
Rugʻayba bint Zurara ibn Addas
Farzandlari Abduyagʻut ibn Vahb
Al-Asvad ibn Vahb
Omina bint Vahb (qizi)
Ota-onasi
  • Qayla (Hind) bint Vajz ibn Gʻolib (onasi)

Vahb ibn Abdumanof (arabcha: وهب بن عبد مناف) ibn Zuhra ibn Kilab ibn Murra — Banu Zuhra qabilasi boshligʻi, Omina binti Vahbning otasi. Islom paygʻambari Muhammadning ona tomondan bobosi[1].

Vahb ibn Abd Manaf oilasi va uning musulmon paygʻambar Muhammad bilan aloqalari

Vahbning katta bobosi Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Zuhra urugʻi[2] avlodi Zuhra ibn Kilab boʻlgan[1]. Onasi Qayla (Hind) binti Vajz ibn Gʻolib Banu Xuzoa urugʻidan edi[3]. Ukasi Vuhayb ibn Abdumanof boʻlgan[4].

Vahb ibn Abdumanof Quraysh qabilasining Banu Abduddor urugʻidan Barra binti Abdul Uzzoga uylangan. Vahbning bosh xotini Barra binti Abdul Uzzo Qusayning nevarasi, ikkinchi xotini esa Yasribning taniqli ayollaridan biri Rugʻayba binti Zurara ibn Addas boʻlgan. Oʻgʻli Abduyagʻut ham taniqli boshliqlardan biri edi[4].

Vahb ibn Abdumanofdan keyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vahb va uning xotini Barra vafot etganidan keyin (u haqida boshqa hech qanday maʼlumot berilmagan) Ayyila Barraning qizlari Hola va Ominani oʻz qaramogʻiga olgan. Beva qolgan ikkinchi xotini Rugʻayba esa erining ukasi bergan taklifni qabul qilmay, Banu Adiy ibn Najjor qabilasidan Qays ibn Amrga turmushga chiqib, Yasribga qaytib kelgan va Salma (Ummu Munzir) va Solit ismli farzandlarini dunyoga keltirgan. Shuningdek, Oyyilaning ham turmush qurish yoshidagi bir nafar qizi boʻlgan[4].

Abdulloh ibn Abdulmuttalib[5] otasi oila qurgan yoshga yetganda, Abdulmuttalib unga turmush oʻrtoq izlay boshlaydi. Abdulmuttalibning amakivachchalaridan biri Muttalibning qizi Ayyila allaqachon Banu Zuhra qabilasi vakillaridan biri, Zuhraning nabirasi va Vahbning ukasi Vuhaybga turmushga chiqqan. Abdulmuttalib yoshi 70 dan oshganiga qaramay, Holaning qoʻlini soʻragan. Holaning oʻsha vaqtda necha yoshda boʻlgani nomaʼlum, ammo Omina Abdullohga uylanganida 15 yoshda boʻlgan. Ikkala qiz ham ularga turmushga chiqishga rozilik bergan va ikkalasining ham nikohi bir vaqtning oʻzida boʻlib oʻtgan[4].

  1. 1,0 1,1 Ibn Hisham. The Life of the Prophet Muhammad — 181-bet. 
  2. Watt, W.Montgomery. The History of Al-Tabari: Biographies of the Prophet's Companions and Their Successors. State University of New York Press, Albany, 1998 — 107-bet. ISBN 978-0791428207. 
  3. Ibn Sa'd al-Baghdadi. Kitab al-Tabaqat al Kabir. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Maqsood. „The Prophet’s Family Line No 6 - Abdullah, and the Birth of the Prophet“. Ruqaiyyah Waris Maqsood Dawah. 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-aprel.
  5. Lings, Martin. Muhammad: His Life Based on the Earliest Sources. George Allen & Unwin, 1983 — 6-bet. ISBN 0946621330.