Valentin Ovechkin
Valentin Vladimirovich Ovechkin | |
---|---|
Tavalludi |
22-iyun 1904-yil Taganrog, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
27-yanvar 1968-yil (63 yoshda) Toshkent, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Yozuvchi, jurnalist |
Mukofotlari |
Valentin Vladimirovich Ovechkin (1904-yil 22-iyun, Taganrog – 1968-yil 27-yanvar, Toshkent) – rus sovet nosiri va dramaturgi, jurnalist. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1941). Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valentin Vladimirovich Ovechkin 1904-yil 22-iyunda Taganrogda bank xodimi oilasida tugʻilgan. 1917-yilgacha u yerda maktabda oʻqigan, etikdoʻzning shogirdi boʻlib ishlagan[2]. Keyin, 1920-yilgacha u Taganrog texnikumida oʻqidi, lekin oʻqishni oxirigacha tugatmadi. 1921-yilda qishloqda qarindoshlari bilan yashab, u yerda ishchi va etikdoʻzlik bilan shugʻullanishga majbur boʻldi. 1923-yildan oʻquv maktabida oʻqituvchi, keyin Taganrog viloyati, Yefremovka qishlogʻida tashkil etilgan oʻquv binosiga mudir boʻldi.
1924-yilda Ovechkin komsomolga qoʻshildi va komsomol yacheykasi kotibi etib saylandi. 1925-yilda Azov viloyatidagi birinchi qishloq xoʻjaligi kommunasining raisi etib saylandi. 1929-yildan KPSS(b) aʼzosi. 1931-yildan u partiya va kasaba uyushma ishida (qishloq partiya qoʻmitasi kotibidan Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi okrug qoʻmitasining tashkiliy boʻlimi mudiri va Kislovodsk shahar kasaba uyushmasi raisigacha) faol ishtirok etgan.
U ijodini XX asrning 20-yillari oʻrtalarida boshlagan. 1928—1929-yillarda „Krasnoe Znamya“ gazetasida ilk ishlarini chop ettirgan. 1934-yildan boshlab u professional jurnalist sifatida „Armavir kommunasi“, „Bolgʻa“, „Kolxoz haqiqati“ (Rostov-Don) va „Bolshevik“ (Krasnodar) gazetalari tahririyatlarida ishlagan, asosan qishloq va kolxoz qurilishi muammolari haqida yozgan.
„Savelyev“ nomli birinchi hikoyasi „Bednota“ gazetasida (1929) nashr etilgan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami 1935-yilda nashr etilgan. 1939-yildan V.Ovechkin ijodiy ishlarini Moskva jurnallarida nashr eta boshladi. 1941-yilda V. V. Ovechkin SSSR Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi[3].
Ulugʻ Vatan urushi boshida u kazak boʻlinmalariga qoʻshilgan, piyoda ofitser sifatida jang qilgan. Stalingraddan Ukrainagacha boʻlgan janglarda qatnashgan. Qrim fronti va 51-armiyaning armiya va front gazetalarida ishlagan. 1943-yil oktyabr oyida Qizil Armiya siyosiy boʻlimi buyrugʻi bilan V.V.Ovechkin ishdan boʻshatilib, Kievga „Pravda Ukrainy“ gazetasida ishlash uchun yuborildi[4].
1948-yilda u Kursk viloyatining viloyat markazi Lgov shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda dramaturg sifatida faoliyatini davom ettirdi. U 1963-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi[5][6]. Keyinchalik u Toshkentdan Rossiyaga qaytmoqchi boʻlgan, ammo moliyaviy muammolar va yurak xuruji bu rejalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan. Valentin Vladimirovich 1968-yil 27-yanvarda Toshkentda vafot etdi va shahardagi Botkin qabristoniga dafn qilindi[7].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitoblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Колхозные рассказы, 1935
- Рассказы, 1939
- Прасковья Максимовна Бондаренко, 1939
- Степной дорогой и др. рассказы, 1941
- Степной дорогой, 1942
- Прасковья Максимовна, 1941
- С фронтовым приветом, 1946; 1947; 1949; 1972; 1973
- Прасковья Максимовна, 1947
- Гости в Стукачах, 1946; 1947; 1948; 1953; 1972; 1978
- Слепой машинист: Рассказ. Курск, 1949. — 32 с.
- Настя Колосова, 1950; 1951
- Хозяева жизни, 1950
- На переднем крае, 1953; 1954
- В том же районе, 1954
- Очерки о колхозной жизни, 1953, 2-е изд. — 1954
- Районные будни, 1953; 1954; 1955; 1956; 1957; 1980; 1984; 1987
- Трудная весна, 1956; 1957; 1983
- Настя Колосова: Пьеса в 3 д., 4 карт.: Новая ред., 1959
- Навстречу ветру: Пьеса в 3 д., 6 карт., 1959
- Летние дожди: Пьеса в 3 д., 9 карт., 1960
- Упрямый хутор, 1960
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1954)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1964)
- 4 ta medal
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kurskdagi koʻchalardan biriga nomi berilgan[8]. 1972-yildan beri Kurskda har yili V.Ovechkin nomidagi jurnalistlar tanlovi oʻtkazib kelinmoqda[9][10].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Писатели Советского Дона: Био-библиогр. справочник. Вып. 1 и 2 / [Сост.: Д. И. Руманова, Д. К. Жак и др.]. — Ростов н/Д.: Тип. изд-ва «Молот», 1948. — С. 69—71. — 112 с. — (Рост. гос. науч. б-ка им. К. Маркса). — 2500 экз.
- Лиля Шарифовна Вильчек : Валентин Овечкин. Жизнь и творчество. — М. изд. Художественная литература, 1977, 182 стр. тираж 10000
Воспоминания о В.Овечкине. Сборник. М. изд. Советский писатель, 1982, 336 стр. тираж 30000
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Николай, Скатов. Русская литература XX века: прозаики, поэты, драматурги : биобиблиографический словарь. ОЛМА Медиа Групп, 2005 — 679—681-bet. ISBN 9785948482620.
- ↑ «Горенка»: Российский информационный новостной портал. Калинина Елена. Рубрика: Известные куряне: Овечкин Валентин Владимирович (Wayback Machine saytida 2023-02-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Овечкин, Валентин Владимирович 9(22).VI.1904 — 27.I.1968“. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ „Овечкин Валентин Владимирович. Прозаик, драматург, публицист“. 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
- ↑ «Коммуна» — Информационный портал Центрального-Черноземья. «К столетию со дня рождения Валентина Овечкина»[sayt ishlamaydi]
- ↑ «Литературная Россия» Самоубийство со второй попытки
- ↑ „Фотография надгробия В. В. Овечкина на коммунистическом кладбище в Ташкенте“. 2009-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 3-iyun.
- ↑ „Курск дореволюционный. Степанов.В.Б. Улицы старинного Курска - 2. В ЧЕСТЬ ПИСАТЕЛЯ ВАЛЕНТИНА ОВЕЧКИНА“. old-kursk.ru. 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
- ↑ „Календарь знаменательных и памятных дат Курской области на 2022 год / Архивное управление Курской области. Под ред. В. Л. Богданова. Курск, 2021. 119 с. (+ 8 с. вкл.)“. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
- ↑ „Об учреждении премии Губернатора Курской области имени В. В. Овечкина в области средств массовой информации“. 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Овечкин, Валентин Владимирович. Российская государственная библиотека
- Энциклопедия «Кругосвет». Овечкин, Валентин Владимирович
- Художница Юлия Амаги: «За что я люблю Валентина Овечкина?» (Wayback Machine saytida 2016-09-16 sanasida arxivlangan)
- Газета «Армавирский собеседник»
- Произведения В.В. Овечкина на сайте города Льгова»