Kontent qismiga oʻtish

Varzob trakti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Varzob trakti yoki Varzob GESlar kaskadi – Tojikiston poytaxti Dushanbening shimolida joylashgan, Varzob daryosidagi uchta kichik gidroelektr stansiyalar majmui. „Barqi Tojik“ OAXK tomonidan egalik qiliadi. Traktdagi barcha GESlar derivatsiya tipida erkin oqimda qurilgan. Tojikistondagi eng qadimgi GESlar hisoblanadi. Elektr energiya generatsiya qilishdan tashqari Varzob tumani va qisman Dushanbe shahrini suv bilan taʼminlaydi. Varzob traktining umumiy quvvati – 25,36 MVt.

Yuqori Varzob GES ham deb ataladi. Traktning yuqori pogʻonasi butun trakt manfaati uchun suv olish va uni tozalashni amalga oshiradi. GES qurilishi 1931-yilda boshlangan, birinchi gidroagregat 1936-yilda, ikkinchisi 1937-yilda ishga tushirilgan, GES inshooti 1938-yilda toʻliq qurib bitkazilgan. GES inshootlari tarkibi quyidagicha:

GES quvvati – 9,5 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 84 mln kVt*soat. GES binosida Hindistonda ishlab chiqarilgan har birining quvvati 4,75 MVt boʻlgan ikkita gidroagregat oʻrnatilgan. Gidroagregatlar 46 m hisoblangan bosimda ishlaydigan radial-oʻqli turbinalar bilan jihozlangan. Dastlab GESning quvvati 7,44 Mvt (har biri 3,72 MVt dan 2 ta gidroagregat) boʻlgan[1][2], ammo 2012-yilda Hindiston hukumati tomonidan taqdim etilgan $17 mlnlik grand mablagʻlari hisobidan gidroagregatlar almashtirilgan[3][4].

Traktning oʻrta pogʻonasi. GES qurilishi 1943-yilda boshlangan, birinchi gidroagregat 1949-yilda ishga tushirilgan, GES inshooti ham oʻsha yili toʻliq qurib bitkazilgan. GES inshootlari tarkibi quyidagicha:

  • Yuqori Varzob GES kanalidan chiquvchi kanaldagi suv olish inshooti va boʻsh suv oqimi
  • derivatsiya kanali;
  • kanal yoʻli boʻylab akveduk;
  • bosimli hovuz;
  • muvofiqlashtiruvchi rezervuar;
  • darvoza binosi;
  • ikkita bosimli quvur liniyasi;
  • GES binosi – 38°36′43″N 68°46′36″E / 38.61194°N 68.77667°E / 38.61194; 68.77667;
  • suv chiqarish kanali. U Varzob GES-3 derivatsiya kanali vazifasini bajaradi;
  • 35/110 kV li ochiq kommutator.

GES quvvati – 14,4 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 93 mln kVt*soat. GES binosida har birining quvvati 7,2 MVt boʻlgan ikkita gidroagregat oʻrnatilgan. Gidroagregatlar 76 m hisoblangan bosimda ishlaydigan RO 115/697 tipidagi radial-oʻqli turbinalar bilan jihozlangan[1][2]. GESning uskunalari eskirgan va rekonstruksiya qilishni talab qiladi – turbinalar, transformatorlarni almashtirish, avtomatik boʻsh turgan suv oʻtkazgichni qurish, diskli klapanlarni oʻrnatish kerak[5].

Traktning quyi pogʻonasi. Birinchi gidroagregat 1952-yilda ishga tushirilgan, GES inshooti ham oʻsha yili toʻliq qurib bitkazilgan. Quyi Varzob GES qurilishiga Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator – Anatoliy Komarov rahbarlik qilgan. GES inshootlari tarkibi quyidagicha:

GES quvvati – 3,52 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 23 mln kVt*soat. GES binosida har birining quvvati 1,76 MVt boʻlgan ikkita gidroagregat oʻrnatilgan. Gidroagregatlar 21 m hisoblangan bosimda ishlaydigan turbinalar bilan jihozlangan[1][2].

  1. 1,0 1,1 1,2 Гидроэнергетические объекты СССР. Справочные данные о ГЭС и ГАЭС по состоянию на 1976 год, М., 1977. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „Каскад Варзобских ГЭС“. Барки Точик. 2012-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  3. „В Таджикистане начнут модернизировать Варзобскую ГЭС-1“. Avesta.tj. 2010-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  4. „Варзобскую ГЭС в Таджикистане восстановят на деньги Индии“. Marketelectro.ru. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.
  5. „Инвестиционные проекты“. Министерство энергетики и промышленности Таджикистана. 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-yanvar.