Varzob (daryo)
Qiyofa
Varzob, Dushanbadaryo — Tojikistonning gʻarbidagi daryo, Kofarnihon daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 71 km, havzasining mayd. 1740 km². Hisor tizmasining jan. yon bagʻridagi (4000– 4800 m) doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 54 m’/sek (Dushanba sh.). V. sersuv, maksimal suv sarfi aprel oylariga toʻgʻri keladi. V. yuqori qismda tor va chuqur vodiyda, serostona va juda nishab oʻzanda oqadi, sharsharalar bor. V.ning sugʻorish va energetikada ahamiyati katta. V.da GES kaskadlari ishlab turibdi. V. buyida Dushanba sh. joylashgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil