Qoʻshtepa kanali
Qoʻshtepa kanali | |
---|---|
Texnik xususiyatlari | |
Uzunligi | 285 km (177 milya) |
Status | Qurilish davom etmoqda |
Tarixi | |
Qurilish boshlanishi | 2022 |
Geografiyasi | |
Boshlangan nuqtasi | Balx viloyati |
Tarmogʻi | Amudaryo |
Qoʻshtepa kanali (pushtucha: کانال قوش تیپه) — Afgʻoniston shimolida Tolibon tomonidan Amudaryo suvini burish uchun qurilayotgan bahsli kanal[1]. Kanal uzunligi 285 km boʻlishi kutilmoqda. Kanal qurilishi 2022-yil mart oyida boshlangani taxmin qilinadi[1]. Oʻzbekiston kanalning qishloq xoʻjaligiga salbiy taʼsir koʻrsatishidan xavotir bildirdi[2]. Shuningdek, kanalga Amudaryodan suvni burish natijasida Orol dengizi falokati yanada ogʻirlashishi aytilmoqda.
Tolibonga koʻra, tashabbus 550 ming gektar choʻlni qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli yerlarga aylantirishi koʻzlangan[3]. Tolibon Qoʻshtepa kanali qurilishini ustuvor loyihaga aylantirdi. Planet Labs taqdim etgan suratlardan 2022-yil aprelidan 2023-yil fevraligacha 100 km dan ortiq kanal qazilganligini koʻrish mumkin[3]. Mustaqil ekspertlar va muhandislar loyihaga shubha bilan qarab, Tolibon kanalni samarali yakunlash boʻyicha nou-xauga ega emasligi va loyihani moliyalashtirish qiyin boʻlishi, chunki hech bir xorijiy donor uni qoʻllab-quvvatlashga tayyor emasligini taʼkidlamoqda.
Kanal loyihasi va qurilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil mart oyida Tolibon tomonidan Afgʻonistonning shimolida Amudaryo suvini burish uchun kanal qurila boshlandi. Rejaga asosan kanalning uzunligi 285 km, eni 100 m boʻlishi kerak[4]. Tolibonga koʻra, kanal qurilishi orqali 550 ming gektar cho‘l yerlari ekin yerlariga aylantiriladi. Kanalning qurilishi uch bosqichdan:
- Birinchi bosqich — kanalning 108 km uzunlikdagi Davlatobod tumanigacha boradigan qismini qurish;
- Ikkinchi bosqich — Juzjon va Faryob viloyatlaridan oʻtuvchi 117 km uzunlikdagi qismini qurish;
- Uchinchi bosqich — ekin yerlari boʻylab subkanallarni taqsimlashdan iborat[5].
Tolibon kanalning birinchi bosqichini yakunlash uchun 8 mlrd AQSh dollari sarflagan boʻlib, keyingi qurilish ishlari uchun Xitoydan qoʻshimcha moliyaviy mablagʻlarni jalb qilmoqda. 2023-yil sentyabr holatiga, kanalning 100 kmdan ziyod qismida qazish ishlari toʻliq tugallangan[6]. 2023-yil 11-oktyabrda Balx viloyatida kanalning birinchi qismi foydalanishga topshirish yuzasidan marosim boʻlib oʻtgan[7]. Tolibon matubotiga asosan kanalning birinchi qismi uzunligi 108 km boʻlib, bu qism Amudaryodan boshlanib, Davlatobod tumanigacha boradi. Birinchi qismning qurilishi 1,5 yil davom etgan[5].
Kanalning toʻliq qurib bitkazish 2028-yilga rejalashtirilgan boʻlib, qurilish qiymati 7 mlrd afgʻoniy, yaʼni 92 mln AQSh dollarga baholanmoqda.
Amudaryo suvidan foydalanish siyosati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amudaryo suvlaridan sobiq SSSRning toʻrtta respublikasi Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston oʻrtasida foydalanish siyosati sovet davrida yaratilgan. Bu taqsimot SSSRga tegishli boʻlganligi tufayli Afgʻonistonning manfaatlari unda aks etmagan[8]. 1992-yilda Olmaota shahrida Amudaryo suvlaridan foydalanish boʻyicha mintaqaviy shartnoma tuzilgan boʻlib, ushbu shartnomada Afgʻonistonning daryo suvlaridan foydalanish huquqi keltirilmagan. Kanal qurilishi 2022-yilda boshlanganida ham Afgʻoniston haligacha transchegaraviy daryo suvlaridan foydalanish boʻyicha hech qanday hududiy yoki xalqaro shartnomalarga qoʻshilmagandi. Shuningdek, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘iston BMTning 1992-yildagi suv konvensiyasiga ham qo‘shilgan, ammo Afg‘oniston bu kelishuvga ham qo‘shilmagandi[6].
Xalqaro munosabat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daryoning quyi qismida joylashgan Oʻzbekiston kanal qurilishi mamlakatdagi qishloq xoʻjaligiga jiddiy salbiy taʼsir qilishi tufayli oʻz munosabatini bildirgan[2]. 2023-yilda O‘zbekistonning rasmiylari ushbu vaziyat yuzasidan Tolibon bilan muzokaralar olib borishgan, ammo rasmiy kelishuvga erishilmagan. 2023-yil 15-sentyabrda Tojikistonda boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qoʻshtepa kanali qurilishi yuzasidan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz munosabatini bildirib oʻtgan[9][10]. Oʻz munosabatida Shavkat Mirziyoyev Qoʻshtepa kanalining ishga tushirilishi Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan oʻzgartirib yuborishi xususida toʻxtalib oʻtgan[9][11].
Ekologik muammolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ekologiya boʻyicha ekspertlar Qoʻshtepa kanaliga Amudaryo suvlarining koʻproq burilishi tufayli Orol dengizidagi vaziyatni yanada ogʻir ahvolga solishi yuzasidan oʻz xavotirlarini bildirishgan[12].
2023-yildagi oʻpirilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil dekabrida Qo‘shtepa kanalida katta oʻpirilish bo‘lgani haqida xabar berilgan boʻlib, Sentinel-2 sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan suratlarda kanal yoqasida toʻqqiz kilometr uzunlikdagi suv maydoni (suv ombori) paydo boʻlgani aks etgan[13][14]. Hozirda suv miqdori ortib borayotgani toʻgʻrisida xabarlar chiqmoqda[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Uzbekistan pursues dialogue with Afghanistan on fraught canal project“. Eurasianet (2023-yil 24-mart). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ 2,0 2,1 Safarov, Ilyos „“Толибон”ни Ўзбекистон учун фожиали канални қуришдан тўхтатиб бўладими? — экспертлар билан суҳбат“ (Uzbek). Kun (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „The Taliban are digging an enormous canal“. The Economist (2023-yil 16-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-mart.
- ↑ „Work on Second Phase of Qosh Tepa Canal Starts“ (ingliz tilida). tolonews.com (2023-yil 11-oktyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ 5,0 5,1 „Afg‘onistonda Qo‘shtepa kanalining birinchi uchastkasi qurilishi yakunlandi“. kun.uz (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 Isaqulov, Abduaziz „Qo‘shtepa kanali mojarosi. Buning xalqaro huquqiy yechimi bormi?“. kun.uz (2023-yil 27-sentyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ „«Толибон» Қўштепа канали қурилишининг 2-босқичига старт берди“. gazeta.uz (2023-yil 12-oktyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ Kamil, Ikramuddin (2021). „Afghanistan, the Amu Darya Basin and Regional Treaties“. Chinese Journal of Environmental Law (ingliz tilida). 5-jild. 37–62-bet. doi:10.1163/24686042-12340063. S2CID 239716547.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: unrecognized language () - ↑ 9,0 9,1 „O‘zbekiston Prezidenti Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatib o‘tdi“. prezident.uz (2023-yil 15-sentyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepa kanali bo‘yicha ilk marta munosabat bildirdi“. kun.uz (2023-yil 15-sentyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ „Мирзиёев Афғонистонни минтақадаги сув ресурслари бўйича мулоқотга қўшишни таклиф қилди“. gazeta.uz (2023-yil 15-sentyabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
- ↑ Duffy, Seamus „What Afghanistan’s Qosh Tepa Canal Means for Central Asia“ (ingliz tilida). The Diplomat (19.04.2023). 2023-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „«Tolibon» qurayotgan Qo‘shtepa kanalida jiddiy avariya yuz bergan – ekspertlar“. xabar.uz (2023-yil 14-dekabr). 2023-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „Ekologlar Qo‘shtepa kanali o‘pirilganini aytishmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?“. kun.uz (2023-yil 13-dekabr). 2023-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
- ↑ „На возводимом талибами канале Кош-Тепа произошла авария - «Реки без границ»“ (rus tilida). daryo.uz (2023-yil 12-dekabr). 2023-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.