Vasiliy Abramov
Vasiliy Abramov | |
---|---|
Tavalludi |
1872-yil Samara guberniyasi,
Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
1937-yil 5-noyabr |
Fuqaroligi | SSSR |
Taʼlimi | maktabda 4-sinfgacha o'qigan |
Kasbi | temirchi, mexanik |
Partiyasi | Sotsialistik inqilobiy partiyasi |
Vasiliy Semyonovich Abramov (1872-yil, Borskoye qishlogʻi, Samara guberniyasi, Rossiya Imperiyasi – 1937-yil 5-oktyabr, Toshkent, O'zbekiston SSR) – Sotsialistik inqilobiy partiyasining aʼzosi, Ikkinchi Davlat Dumasi deputati (1907-yil), Butunrossiya Taʼsis majlisi delegati (1918-yil).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Abramov Buzuluksiy tumani (Samara viloyati) Borskoye qishlogʻida dehqon Semyon Abramov oilasida tugʻilgan. Vasiliy baʼzi manbalarda boshlangʻich[1], baʼzilarida esa oʻrta[2] taʼlim sifatida koʻriladigan 4 yillik davlat maktabini tugatgan. U temirchi ustaga shogird boʻlib tushgan va mexanik boʻlib ishlagan.
1907-yil 7-fevralda Abramov Samara viloyati saylovchilarining umumiy tarkibidan Rossiya Imperiyasining Ikkinchi Davlat Dumasiga deputat etib saylangan. Xuddi shu yili u sotsialistik inqilobchi [1] sifatida chor Rossiyasining maxfiy politsiyasi nazorati ostida boʻlgan.
Dumada partiyasiz Vasiliy Abramov Sotsialistik inqilobiy partiyaga qoʻshilgan va hatto partiyadagi Duma guruhining aʼzosi boʻlgan[3].
1918-yil yozida Abramov Samaradagi Butunrossiya Taʼsis Assambleyasi aʼzolari qoʻmitasining „Boʻlim rahbarlari kengashi“ aʼzosi boʻlgan, va u yerda Mixail Vedenyapin bilan birgalikda davlat mulki boʻlimini boshqargan[4].
Vasiliy Semyonovich Abramov 1918-yilda vafot etgan degan soxta maʼlumotlar tarqalib ketgan[1]. Aslida, fuqarolar urushi tugaganidan keyin ham Abramov tirik boʻlgan va Sovet Ittifoqiga qarshi faoliyatda ayblanib, koʻp marta hibsga olingan. 1922-yil 26-aprelda Omsk shahrida yashovchi ishchilar va dehqonlarning huquqlarini suisteʼmol qilganligi sifatida hibsga olingan va NKVD hay’ati tomonidan Turuxansk viloyatiga ikki yillik surgunga hukm qilingan (1922-yil 16 may). 1925-yil 15-mayda surgunni oʻtab boʻlgach, Abramov maxsus yigʻilishda Moskva va Leningrad viloyatlaridan tashqari SSSRning butun hududida yashashga ruxsat berilgan. Ammo 1925-yil 12 sentyabr kuni Vasiliy Semyonovich yana hibsga olingan va Samara viloyat sudi tomonidan majburiy mehnat lagerlarida 7 yilga jazoni ijro etishga hukm qilingan (1926-yil 2-yanvar). Ammo, u muddatini toʻliq oʻtamagan va ozod qilingan[2].
1935 yilda Abramov Voronejda yashagan va u yerda Mahorsovxoztrestda iqtisodchi boʻlib ishlagan. 1935-yil 30-aprelda NKVDning Voronej viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan hibsga olinib, oʻsha yilning 29-iyulida SSSR NKVDning navbatdan tashqari yigʻilishida 3 yil muddatga Toshkentga surgun qilingan[5].
U Toshkentda 1937-yil 5-noyabrda oʻlimga hukm qilingan. Hukm shu kuni ijro etilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Абрамов Василий Семёнович. www.hrono.ru.“.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Списки жертв. lists.memo.ru“.
- ↑ „Л.Г. Протасов. АБРАМОВ Василий Семёнович. tez-rus.net.“. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Российские социалисты и анархисты после Октября 1917 года. socialist.memo.ru“.
- ↑ „Самарская область | Abramov Vasiliy Semyonovich. museum.samgd.ru“. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-oktyabr.