Vasiliy Grigorov (general)
Vasiliy Vasilyevich Grigorov | |
---|---|
Tavalludi |
1860-yil 25-aprel Voronej viloyati |
Vafoti |
1911-yil Samarqand |
Unvoni | General-leytenant |
Lavozimi | Samarqand gubernatori |
Vasiliy Vasilyevich Grigorov (1860-yil 25-aprel, Voronej viloyati – 1911-yil 16-oktyabr, Samarqand) – rus general-leytenanti[1], Samarqand viloyati gubernatori[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Vasilyevich Grigorov 1860-yil 25-aprelda Rossiya imperiyasining Voronej viloyatida zodagonlar oilasida tugʻilgan. U boshlangʻich bilimlarni Voronej Mixaylovskaya nomidagi harbiy gimnaziyasida olgan. 1882-yilda Nikolayev nomidagi harbiy akademiyaga qabul qilingan va taʼlimini shu yerda davom ettirgan. 1884-yilda Kiyev okrugining bosh shtabi masʼuli lavozimiga tayinlangan. 1888-yil 24-noyabrda Chuguyev nomidagi havo flotida oʻrgatuvchi, 1892-yil 27-iyulda esa 14-mahalliy qoʻmondonligi qoʻmondoni lavozimida ishlagan. 1890-yil 1-aprelda podpolkovnik, 1902-yil 17-aprelda general-mayor, 1908-yil 13-aprelda esa general-leytenant unvonlarini qoʻlga kiritgan. 1911-yil Samarqand viloyatiga harbiy gubernator etib tayinlanagan.
Vasiliy Grigorov 1911-yil 16-oktyabrda Samarqandda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1886-yilda 3-darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan mukofotlangan.
- 1891-yilda 3-darajali Avliyo Anna ordeni bilan mukofotlangan.
- 1898-yilda 2-darajali Avliyo Stanislav ordeni bilan taqdirlangan.
- 1905-yilda 3-darajali Muqaddas Vladimir ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Vasiliy Vasilyevich Grigorov“. www.prabook.com. Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Григоров Василий Васильевич“. www.vrnency.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2024-yil.