Kontent qismiga oʻtish

Vatan (kinostudiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vatan — „Oʻzbekkino“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi" tasarrufidagi kinostudiya. 1990 yilda „Oʻzbekfilm“dan mustaqil kinostudiya sifatida ajralib chiqqan. Toshkent sh.da joylashgan. Asosiy faoliyati — filmlar, videofilmlar ishlab chiqarish va ijaraga berishdir; shuningdek, filmlar reklamasi bilan ham shugʻullanadi. Tashkil qilinganidan buyon 10 ga yaqin toʻlametrajli va qisqametrajli filmlarni tayyorladi: „Tangalik bolalar“ (rejissyor T. Yunusov), „Abdullajon“ (rejissyor Z. Musoqov), „Yarim tundagi blyus“ (rejissyor R. Malikov, M. Rahmatov), „Birinchi boʻsa“ (rejissyor B. Odilov), „Qirq quloq sirlari“ (rejissyor R. Malikov), „Oltin devor“ (rejissyor R. Muhammadjonov). „Qarib quyulmagan chol“ (rejissyor M. Abzalov), „Shoʻrpeshonalar“ (rejissyor J. Qosimov), „Qiyomat kun“ (rejissyor D. Abdullayev) va boshqalar Studiyaning badiiy rahbari — Melis Abzalov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil