Kontent qismiga oʻtish

Tangalik bolalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Tangalik bolalar“
Rejissyor(lar) Temurmalik Yunusov
Ssenariynavis(lar) Rixsivoy Muhammadjonov
Rollarda Muhammadjon Rahimov
Doston Ubaydullayev
Ibrohim Saidahmadov
Shahnoza Foziljonova
Murod Rajabov
Oybarchin Bakirova
Shirin Azizova
Aziza Karimova
Farhod Aminov
Husan Sharipov
Karim Mirxodiyev
Bastakor(lar) Mirhalil Mahmudov
Operator(lar) Najmiddin Gʻulomov
Studiya(lar) „Vatan“ ijodiy uyushmasi
Chiqarilgan sanasi 1990
Davomiyligi 81 minut
Mamlakat Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Til oʻzbekcha

Tangalik bolalar“ — 1990-yil Sovet davlatining soʻnggi yillarida suratga olingan badiiy film[1]. Film Boʻstonliq tumanining Sijjak qishlogʻida suratga olingan.

Film 1990-yilda, yaʼni Sovet davlatida amalga oshirilgan „Qayta qurish“ siyosati davrida suratga olingan. Unda „Qayta qurish“ davrida boʻy koʻrsatgan ochiqlik siyosati taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanib turadi[manba kerak].

Filmning bosh qahramonlari qishloqdan shaharga oʻz tashvishlari bilan kelgan oʻsmir bola va ikki nafar yigitdir[2]. Bu uch nafar bosh qahramon uch xil sabab ortidan Toshkentga keladi. Xususan, Zokir shoirlik qobiliyatini koʻrsatish va kitob chiqarish, Doston qishloqdan shaharga ketib qolgan onasini topish, Nortoy doʻstlari bahonasida poytaxt koʻchalarini kezib, qizlar bilan tanishish istagida[3].

Soundtracklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Tangalik bolalar“ filmi bosh qahramonlardan biri — Doston tomonidan kuylangan „Tulpor“ qoʻshigʻi bilan ham mashhur.