Vaveldagi qirol qalʼasi - Davlat sanʼat majmuasi
Vaveldagi qirol qalʼasi — Davlat sanʼat majmuasi (polyakcha: Zamek Królewski na Wawelu — Państwowe Zbiory Sztuki) — Polshaning Krakov shahrida joylashgan madaniy muassasaning nomi. Tashkilot muzey va madaniyat muassasasi davlat maqomiga ega. Tashkilot maʼmuriyati Vaveldagi Qirol qalʼasi hududida joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Vaveldagi qirol qalʼasi - Davlat sanʼat majmuasi" madaniy muassasasi 1945-yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot Madaniyat vazirligi tomonidan qayd qilingan Nizom (Dz.Urz. MKiDN nr 4 poz.7 2000-yil) asosida faoliyat yuritadi.
„Vaveldagi qirol qalʼasi — Davlat sanʼat majmuasi“ Milliy madaniy muassasalar reyestrida (№ 21/92) va muzeylar davlat reyestrida (№ 16/98) roʻyxatga olingan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nizomning 1-bobida taʼkidlanganidek, tashkilotning maqsadi eng yuqori darajadagi tarixiy yodgorlik, Polsha xalqining diniy va madaniy merosi, jahon merosining elementi boʻlgan Vaveldagi Qirol qalʼasini asrab-avaylashdan iborat. Tashkilot Vavelning tarixiy ahamiyatini Polsha jamiyatining zamonaviy hayotiga kiritish uchun uni turli jihatlarda namoyon qilishga intiladi. Ushbu maqsadlarga quyidagi vositalar orqali erishiladi:
- puxta saralangan sanʼat asarlari va tarixiy yodgorliklarni toʻplash va saqlash;
- tanlangan sanʼat asarlari va yodgorliklarini konservatsiya qilish va saqlash faoliyati;
- Polshada va xorijda Vavel haqidagi maʼlumotlarni tarqatish;
- ilmiy simpozium va konferensiyalar tashkil etish va oʻtkazish;
- nashriyot, taʼlim va axborot faoliyati;
- tashkilot tasarrufidagi madaniyat yodgorliklarni tegishli holatda saqlash.
Filiallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Peskovoy-Qoyadagi qalʼa.
- Strivshuvdagi uy.