Vaxsh trakti
Vaxsh trakti yoki Vaxsh GESlar kaskadi – Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan yirik gidroelektr stansiyalar majmui. Vaxsh daryosida joylashgan. „Barqi Tojik“ OAXK tomonidan egalik qilinadi (Sangtoʻda GES-1 va Sangtoʻda GES-2dan tashqari).
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]GES majmui Vaxsh daryosining quyi oqimida, asosan Xatlon viloyati hududida joylashgan. Loyihaga koʻra traktda 9 ta GESni oʻz ichiga oladi[1]. Kaskad sakkizta faoliyat yuritayotgan hamda bitta loyihalashtirilayotgan (Shoʻrob GES) gidroelektr stansiyalardan iborat[2]. Sharshara va Markaziy GESlar (traktning quyi pogʻonasi) Sarband GESdan tushadigan suvdan hosil boʻladigan RK46 deb nomlanadigan bosh kanaldan suv oladi[3].
Hozirda faoliyat yuritayotgan stansiyalarning umumiy quvvati 4 775 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 20 mlrd kVt*soat. Loyiha toʻliq amalga oshirilganda quvvati 9195 Mvt[1], oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 37 mlrd kVt*soat ga yetadi[4].
Trakt tarkibidagi stansiyalar (oqim boʻylab joylashuviga koʻra):
GES nomi | Oʻrnatilgan quvvati, MVt |
Oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi mrld kVt*soat |
Maqomi |
---|---|---|---|
Rogʻun GES | 3600[1] | 13,1[1] | 2018-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Shoʻrob GES | (850)[1] | (3,0) | Loyihalashtirilayotgan |
Norak ges | 3000[1] | 11,2[1] | 1972-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Boygʻozi GES | 600[1] | 2,5[1] | 1986-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Sangtoʻda GES-1 | 670[1] | 2,7[1] | 2008-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Sangtoʻda GES-2 | 220[1] | 0,9 | 2011-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Sarband GES | 240[1] | 1,3 | 1962-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Sharshara GES | 29,5[1] | 0,22 | 1958-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Markaziy GES | 15,1[1] | 0,11 | 1964-yildan beri faoliyat koʻrsatmoqda |
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Александров А. Гигант на Вахше // «Наука и жизнь» : журнал. — 1972. — Dekabr. — С. 65—69. Архивировано 6 mart 2017 года.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 Валамат-заде Тимур. Энергетика Таджикистана: настоящее и ближайшее будущее // Центральная Азия и Кавказ. — 2008. — № 1 (55). Архивировано 28 fevral 2020 года.
- ↑ „В Таджикистане займутся подготовкой к постройке Шурабской ГЭС“. Sputnik (2019-yil 2-sentyabr). 2020-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
- ↑ „Глава 3. Планирование электростанций (1-я проверка)“, Сбор данных и проверочная экспертиза относительно малой гидроэнергетики в Хатлонской области Республики Таджикистан. Japan International Cooperation Agency - JICA, 2012 — 30-bet.
- ↑ „Гидроэнергетика Таджикистана – настоящее и будущее“ (pdf). МИД РТ. 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-may.