Markaziy GES
Markaziy GES | |
---|---|
Mamlakat | Tojikiston |
Joylashuvi | Xatlon viloyati Vaxsh shaharchasi |
Daryo | Vaxsh bosh kanali |
Kaskad | Vaxsh GESlar kaskadi |
Egasi | "Barqi Tojik" OAXK |
Maqomi | Amalda |
Agregatlar ishga tushgan yillar | 1964 |
Asosiy tavsifi | |
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi | 114 |
Elektrostansiya turi | derivatsiya |
Elektr quvvati, MVt | 15,1 |
Uskunalar tavsifi | |
Turbinalar soni va rusumi | aylanma-qanotli |
Generatorlar quvvati , megavatt | 2×7,55 |
Asosiy inshoot | |
Toʻgʻon turi | mavjud emas |
Shlyuz | mavjud emas |
Taqsimlovchi qurilma | 110 kV |
Xarita | |
37°42′50.7″N 68°46′33.9″E / 37.714083°N 68.776083°E
Markaziy GES (tojikcha: Нерӯгоҳи барқи обии «Марказӣ», НБО «Марказӣ», ruscha: Центральная ГЭС – Tojikistonning Xatlon viloyati Vaxsh shaharchasidagi gidroelektr stansiya. Vaxsh daryosidan suv oladigan Vaxsh bosh kanalining markaziy oqimida joylashgan, Vaxsh GESlar kaskadi tarkibiga kiradi va kaskadning oxirgi, sakkizinchi pogʻonasi hisoblanadi. Markaziy GES „Barqi Tojik“ OAXK davlat energetika kompaniyasiga tegishli[1].
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy GES derivatsiya tipidagi GES boʻlib, kanaldan suv oladi, toʻgʻonga ega emas. Oʻrnatilgan elektr quvvati – 15,1 MVt, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 114 mln kVt*soat. GES inshootlari tarkibi quyidagicha[2]:
- asosiy suv olish inshooti;
- taʼminot kanali;
- suv oluvchi bosimga ega hovuz;
- boʻsh suv oqimi;
- ikkitoʻrli metall bosimli quvurlar;
- GES binosi;
- suv chiqish kanali.
GES binosida har birining quvvati 7,55 MVt boʻlgan 2 ta vertikal gidroagregat oʻrnatilgan. Gidroagregatlar 27 m hisoblangan bosimda ishlaydigan aylanma-qanotli turbinalar bilan jihozlangan. Generatorlardan 110 kV kuchlanishdagi elektr energiyasi ochiq kommutator orqali energiya tizimiga uzatiladi[2][1].
Markaziy GES „Gidroproyekt“ institutining Oʻrta Osiyo boʻlimi tomonidan gidroenergetika majmuasining bir qismi sifatida loyihalashtirilgan boʻlib, majmua tarkibiga Vaxsh sugʻorish kanalida joylashgan Sarband va Sharshara GESlar ham kiradi. Stansiyaning barcha gidroagregatlari 1964-yilda ishga tushirilgan, dastlabki quvvati 18,1 MBt (2x9,05 MVt) edi[2][1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Каскад ГЭС на реке Вахш. М.: Внешторгиздат.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Центральная ГЭС“. ОАХК «Барки Точик». Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Каскад ГЭС на реке Вахш.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Центральная ГЭС“. ОАХК «Барки Точик». Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.