Kontent qismiga oʻtish

Vera Markova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vera Markova
Tavalludi 1907-yil 18-fevral
Vafoti 1995-yil 9-mart
Moskva, Rossiya
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya

Vera Nikolaevna Markova (1907-1995) – rus sovet shoiri va tarjimoni, filolog, yapon mumtoz adabiyoti tadqiqotchisi[1].

Vera Markova 1907-yil 18-fevral (4-mart) kuni Minskda temir yoʻl muhandisi oilasiga tugʻilgan. 1931-yilda Leningrad universitetining sharqshunoslik fakultetining yapon boʻlimini tamomlagan. Ulugʻ Vatan urushidan keyin Moskvaga koʻchib oʻtdi. 1950-yillarda tarjimonlik faoliyatini boshlagan. 1995-yil 8-martdan 9-martga oʻtar tunda vafot etgan. Golovinskiy qabristoniga dafn etilgan[2].

Turmush oʻrtogʻi Leonid Yevgenevich Feynberg rassom, shoir va yozuvchi boʻlgan. Nabirasi – Sergey Olegovich Prokofev shoir, Butunjahon Antroposofiya Jamiyati boshqaruvi aʼzosi.

T. Grigorevaning xotiralariga koʻra, Markova she’riyatining asosiy ohangi abadiy, tugʻilmagan, biroq doimo mavjud boʻlgan, deyarli jismoniy his qilinadigan bola edi. Bu obraz she’rlarida muntazam ravishda aks etib turar edi[3].

Tarjima faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markova tarjimalarining asosiy qismi Yaponiya adabiyoti bilan bogʻliq. U sovet yaponshunosligida yapon she’riy miniatyuralarining (xokku, tanka, vakka va boshqalar) oʻziga xos taqlidlarini yaratdi. Bu aforistik verlibr shaklidagi she’rlar boʻlib, ular oq she’rlar hisoblanadi.

Sovet ziyolilari orasida oʻrta asr yapon she’riyati juda katta shuhrat qozongan edi. Markovaning oʻrta asr yapon she’riyatidan qilgan tarjimalari „markovkalar“ deb atala boshlandi (Aleksandr Meshcheryakov)[4]. Yaponiya hukumati Markovaning Rossiyada yapon madaniyatini ommalashtirish boʻyicha ishini yuqori baholadi va uni 1993-yilda Muqaddas xazina ordeni bilan taqdirladi.

Vera Yapon shoirlaridan tashqari, amerikalik shoira Emili Dikinson (1830-1886) she’rlarini ham tarjima qilgan. Markovaning tarjimalari 1981-yilda alohida kitob shaklida nashr etildi va shu tariqa Dikinsonning rus tilidagi birinchi kitobiga aylandi.

  1. MARKOVA Vera NikolaevnaAndoza:Недоступная ссылкаAndoza:Мёртвая ссылка statya v Ensiklopedii „Yaponiya ot A do Ya“ na slovari.yandex.ru
  2. „Могила В. Н. Марковой“. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-aprel.
  3. Белорусская государственная филармония. Горелова Галина (р. 1951) (русский). Архивировано 5 mart 2016 года.
  4. Мещеряков А. Н. [http://www.strana-oz.ru/2014/4/strana-dlya-vnutrenney-emigracii Страна для внутренней эмиграции Образ Японии в позднесоветской картине мира] (Русский) // Отечественные записки. — 2014. — № 4. Архивировано 9 aprel 2016 года.