Kontent qismiga oʻtish

Vera Nebolsina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vera Nebolsina (ruscha: Вера Неболсина; 1989-yil 16-dekabrda Seversk shahrida tugʻilgan) – rossiyalik professional shaxmatchi. U 2007-yilda 17 yoshida ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻlgan[1].

Vera Nebolsina

Karlsruhe 2019-yil
Toʻliq ismi Vera Nebolsina
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tugʻilishi 16-dekabr 1989-yil (1989-12-16) (35 yosh)
Seversk, Sovet Ittifoqi
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2237 (iyul 2021-yil)
Yuqori reytingi 2389 (yanvar 2011-yil)

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nebolsina Gʻarbiy Sibirning Tomsk shahri yaqinidagi Seversk shaharchasida shaxmat ustasi Valeriy Nebolsin va Tatyana Nebolsinalar oilasida tugʻilgan. Oila hozir ham Novosibirskda yashab kelmoqda[2]. Onasi Nebolsinaga toʻrt yoshidaligidayoq shaxmatning asosiy harakatlarini oʻrgatishni boshlagan va uni shashka va Go kabi boshqa stol oʻyinlari bilan tanishtirgan[3]. Otasi unga shaxmat mahoratini yanada rivojlantirish uchun murabbiylik qilgan va olti yoshida u rasmiy turnirlarda, koʻpincha oʻz yosh guruhidan yuqori toifalarda dona surgan[4].

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yetti yoshida Nebolsina Oropesa del Mar shahrida 8 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida va 8yoshida 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Jahon yoshlar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Oʻn ikki yoshida u Rossiya ayollar 1-ligasida oʻynagan va 2004-yilda xalqaro ayollar ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻlgan[5][6]. 2007-yilda, Vera Nebolsina endigina oʻn yetti yoshga toʻlganida, Yerevanda oʻtkazilgan oʻsmirlar (20 yoshgacha) qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻladi va bu uning ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻlishiga sabab boʻladi[7][8]. Uning faoliyatidagi eng yuqori reytingi 2011-yil yanvar oyida dunyoda 2389-oʻrinni egallagan vaqtida boʻlgan. Veraning eng yuqori oʻsmirlar reytingi dunyoning eng yaxshi 20 nafar qiz oʻyinchisi orasida 12-oʻrinni egallagan vaqtida sodir boʻlgan[9]. Nebolsina oʻzini pozitsiyali oʻyinchi sifatida taʼriflaydi, u taktik oʻyinchi sifatida ham tariflanishi mumkin[10]. 2016-yilda u shaxmat boʻyicha ayollar ochiq chempionatida gʻolib boʻldi[11].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keyingi oʻyin xatosiz boʻlmasa-da, Nebolsina oʻyini piyoda harakatlariga nisbatan kam boʻlsa ham boshqa donalarning harakatchanligi muhimligini oʻz oʻyinlarida koʻrsatadi. Raqibining shijoatli himoyasiga qaramay, Nebolsina oʻyinni yakunlash uchun qirolichani qurbon qilish uslubini yoqtiradi. Quyida keltirilgan namunaviy oʻyin uning taktik imkoniyatlarga nisbatan hushyorligini namoyish etadi[12].

Vera Nebolsina – Iulia Gromova, Rossiya jamoalar chempionati, Sochi 2007-yil; Karo-Kann, Panov-Botvinnik hujumi (B14)
1. e4 c6 2. d4 d5 3. exd5 cxd5 4. c4 Nf6 5. Nc3 g6 6. cxd5 Nxd5 7. Bb5+ Nc6 8. Nf3 Bg7 9. Qb3 Nxc3 10. bxc3 0-0 11. 0-0 a6 12. Bxc6 bxc6 13. Ba3 Be6 14. Qb4 Bf6 15. Ne5 c5 16. Qxc5 Rc8 17. Nc6 Qc7 18. Nxe7+ Bxe7 19. Qxe7 Qxc3 20. Bc5 Rfe8 21. Qh4 Bd5 22. Be7 Qc6 23. f3 Qb6 24. Rfe1 Rc2 25. Bc5 Qc6 26. Rxe8+ Qxe8 27. Re1 Qc8 28. Qe7 h5 29. Qg5 Bxa2 30. Re5 a5 31. h4 a4 32. Qh6 Bb3 33. Be7 Rc6 34. d5 Ra6 35. Ba3 Ra8 36. Bb2 Qc5+ 37. Kh1 Qf8 38. Qh8+ (38 dan keyin. . . Kxh8, keyin 39. Rxh5+ Kg8 40. Rh8#) 1-0

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nebolsina – vegetarian hisoblanadi.[13] 2020-yil sentabr oyidan boshlab u eri Gata Kamsky bilan Fransiyada yashaydi va u yerda universitetga oʻqishga kiradi[14][15]. 2011-yilda u Novosibirsk davlat texnika universitetining xalqaro munosabatlar/sharqshunoslik fakulteti talabasi sifatida tahsil olgan va Xitoyda Qingdao universitetida ikki yil tahsil koʻrgan[16]. Nebolsina Moskva davlat universitetida ham ingliz va xitoy tillarini oʻrgangan. U xitoy[17] va fransuz tillarini biladi, rus va ingliz tillarida bemalol suhbatlasha oladi. 2015-yilda u oʻzining tugʻilgan shahri Novosibirskda TED (konferensiya) #TEDx da nutq soʻzladi[18].

  1. „Vera Nebolsina“. Akademie Schloss Solitude (2024-yil 23-dekabr). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  2. Goran. „GM Artyom Timofeev wins Tatarstan Grand Prix“. Chessdom (28-may 2016-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  3. Schipkov. „Vera Nebolsina - the hope of the Russian chess“. Chess Siberia (2000). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  4. „Valery Nebolsin“. 365Chess.com (2024-yil 23-dekabr). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  5. „THAILAND OPEN CHESS CHAMPIONSHIP 2011“. Bangkok Chess (2011). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  6. „Why Are There so Few Dynasties in Chess?“. PlayMagnus (16-iyun 2021-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
  7. „World Girls' Junior Chess Championship — Overall Statistics“. Olimpbase (2024-yil 23-dekabr). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  8. „Vera Nebolsina“. FIDE (2024-yil 23-dekabr). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  9. „Kramnik and Anand lead the January 1st 2008 FIDE ratings“. Chessbase (30-dekabr 2007-yil). Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.
  10. Sellier. „Interview with Vera Nebolsina“. Chessdom (2024-yil 23-dekabr). 2008-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  11. „WGM Nebolsina wins 2016 U.S. Women's Open“. Vegas Chess Festival (2016). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  12. „Nebolsina, Vera (2297) - Gromova, Iulia (2252) [B14“]. Chess Siberia (2007). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  13. „Ilya Odessky: women's chess – clear, honest and sporting“. Association of Chess Professionals (2024-yil 23-dekabr). 26-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  14. „CHESS AT SCHOOL: 300 STUDENTS FROM CHARTRES COMPETE IN AN INTER-CLASS TOURNAMENT“. Archyworldys (1-iyul 2021-yil). 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  15. McGourty. „Kamsky: 'People are mistaken when they say I quit chess'“. Chess24 (21-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  16. Subrahmanyam. „Aim each move in chess for better results: Nebolsina“. Chess Daily News (1-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  17. Barsky. „The New Superclub from Siberia“. Chess Federation of Russia (7-may 2015-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  18. „Theme: Impossible Blend“. TED (2015). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.