Vikipediya:Besh ustun-DUP
Qiyofa
Vikipediyaning rasmiy qoidalari va yo`llanmalari Vikipediyaning besh ustuni deb sifatlanishi mumkin va ular quyidagilardan iboratdir:
Vikipediya enciklopediyadir: u o`z ichiga umumiy va maxsus enciklopediya va almanaxlar xususiyatlarini oladi. Vikipediya betartib axborot uyumi emas.Vikipediyaga faqat aniq enciklopedik maqolalar yig`ilishi zarur.
| |
Vikipediya betaraf nuqtai nazarga egadir: ya`ni, Vikipediya maqolalarida biror bir nuqtai nazar himoya qilinmaydi. Agarda bir masala xusuida ko`pgina nuqtai nazarlar mavjud bo`lsa, biz ularning barchasini keltirib o`tamiz, ammo birortasiga yon bosmaymiz. Bunda mavzuga aloqador obro`li manbalarga ishoratlar keltirish zarur. Agar biror bir maqolaning betarafligi yuzasidan bahs paydo bo`lsa, bu haqda o`sha maqolaning munozara sahifasida fikrlar aytib o`tilishi kerak. | |
Vikipediya erkindir: ya`ni, Vikipediyani ishlatish bepuldir, bunda uni istalgan shaxs tahrir qilishi mumkin. Barcha matnlar GNU Free Documentation License (GFDL) ostidadir va tegishli tarzda nusxalanishi hamda tarqatilishi mumkin. Vikipediya maqolalariga bir kishi xo`jayin bo`la olmaydi; siz yozgan maqola keyinchalik boshqalar tomonidan beayov tahrir qilinishi mumkin. Vikipediyaga mualliflik huquqlarini buzuvchi yoki GFDL'ga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlar qo`shmang. | |
Vikipediyada odob-axloq qoidalari mavjuddir: Vikipedist birodarlaringizni hurmat qilingiz, garchi siz ular bilan ba`zi masalalarda chiqishmasangiz ham. Muloyim bo`ling. Birovga nisbatan shaxsiy adovat, kin, g`araz saqlamang. konsensusga kelishing; tahrir urushlaridan saqlaning; boshqa foydalanuvchilar bilan orani ochiq qilisga vaqt sarflab o`tirmang, yodda tutingki, O`zbek Vikipediyasida atigi 292 763 ta maqola bor, va biz hali ko`p mehnat qilishimiz kerak. Yaxshilikni ko`zlab ish tuting, birovlardan ezgu niyat kuting. Ochiq va mulozamatli bo`ling. | |
Vikipediyaning shu besh ustundan boshqa qoidalari yo`qdir: bu yerda keltirilgan besh qoidadan boshqalariga ko`pda e`tibor beravermang. Maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur bo`ling, tahrirlashdan huzur olabilishngiz kerak, aslo mavjud qoidalardan siqilish emas. Biror nimani buzib qo`yishdan qo`rqmang. Barcha maqolalarning barcha versiyalari saqlanib qoladi, kerak paytda istalgan ma`lumotni tiklash mumkin, shuning uchun Vikipediyaga zarar yetmaydi. Lekin unutmang - bu yerda nimaiki yozsangiz, barchasi kelajak avlodlar uchun saqlanib qolgusidir. |