Vikipediya:Forum/Arxiv/Takliflar/2023
Bu sahifa Vikipediya forumining bir qismidir. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Yangiliklar andozasiga oʻzgarish kiritish
[manbasini tahrirlash]Vikipediya bosh sahifasida koʻrinib turadigan {{Yangiliklar}} sahifasi ostida Vafot etganlar boʻlimini qoʻshishni taklif qilaman. Shunda yil davomida vafot etgan shaxslar haqida alohida yangilik yozimaydi va vafot etganlar haqidagi maʼlumotlar yil davomida aks etib turadi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:07, 23-Yanvar 2023 (UTC)
- Taklif uchun namunani shu yerda qoldiraman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:54, 23-Yanvar 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Salom Vikipediya! Avvalambor, taklif kiritayotganingiz va faollik koʻrsatayotganingiz juda ajoyib! Lekin, vafot etganlar uchun yangiliklar qismi uchun alohida qism ochish bu sal mantiqsizlik boʻlib tuyulmoqda. Nega deganda, E/Aga ega shaxslar har kun 4-5 talab oʻlaverishmaydi. Har-har zamonda 1-2 boʻlib turadigan voqealar uchun alohida qism ajratish shart emas, deb hisoblayman. Salazarov (suhbat) 13:28, 23-Yanvar 2023 (UTC)
- Salom. Befarq boʻlmaganingiz uchun rahmat. Men taklifda har kun haqida emas, balki yil haqida gapirganman. Bir yil esa adashmasam 364-365 kundan iborat. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:46, 23-Yanvar 2023 (UTC)
- Laziz Baxtiyorov taklifingizni koʻrib chiqdim. Ingliz vikipediyasida ham shu singari ostsahifa mavjud ekan va bu foydalanuvchiga oson maʼlumot olish hamda bosh sahifani ortiqcha maʼlumotlar bazasidan saqlaydi. Shu sababli ham bu taklifni oʻrinli deb hisoblayman. PanPanChik #yozish 09:07, 24-Yanvar 2023 (UTC)
- Taklifga Roziman. Balki keyinchalik bu ishni bajara oladigan bot yaratishga muvaffaq boʻlarmiz. Enwikida vafoti haqida yozilgan shaxsning ismi bilan oʻzbekchada yoza oladigan bot yaratilsa zoʻr ish boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 20:01, 10-Fevral 2023 (UTC)
- Salom. Eʼtiboringiz uchun rahmat. Hozir baʼzi masalalardagi EnWiki botlarini oʻrganyapman. Agar shunaqa bot boʻlsa, albatta olib oʻtish ham kerak. Laziz Baxtiyorov (munozara) 02:58, 11-Fevral 2023 (UTC)
Bajarildi. Umarjon Rahimov (munozara) 12:09, 16-Fevral 2023 (UTC).
Trollikni maqsad qilgan yangi foydalanuvchilarni bloklash
[manbasini tahrirlash]Salom Vikipediya ahli! xabaringiz bor, anchadan beri mening foydalanuvchi nomim va taxallusimga taqlidan va asosan kulish/kalaka qilish maqsadida shu nom ishtirok etgan foydalanuvchi sahifalar yaratilmoqda. bu nomaʼlum foydalanuvchining ishi hatto ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilgani koʻpchilik uchun yangilik emas, bilishimcha. shu boisdan Alpasli nomi ishtirok etgan bunday yangi sahifalar yaʼnikim bir inson shaxsiyatini ommaga kalaka qilishga qaratilgan bu kabi harakat jazosiz qolmasligi kerak deb hisoblayman. va bu kabi foydalanuvchi nomlar bloklanishini lozimligini taklif qilib qolaman. hurmat bilan, Alpasli (munozara) 19:34, 10-Fevral 2023 (UTC)
- Salom, Foydalanuvchi nomi siyosatida koʻzda tutilgan talablardan tashqariga chiqmagan holda yaratilgan deb oʻylayman. Shuningdek, ushbu nomlar aynan bir shaxsga qaratilganligi ham soʻroq ostida. Agar ushbu foydalanuvchi nomlari haqorat deb hisoblasangiz, RuWikidagi mana bu foydalanuvchi nomi ham mavjudligini eslatib oʻtmoqchiman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:05, 11-Fevral 2023 (UTC)
- Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman va bu nomlar bilan kimnidir kalaka qilinayotganini ayta olmayman, shunchaki hazil deb bilaman. Masalan, mana bu foydalanuvchiga nisbatan ham hech bir chora koʻrmaganmiz. Umarjon Rahimov (munozara) 19:08, 11-Fevral 2023 (UTC).
- Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman.
- Foydalanuvchi nomi siyosati qoidalariga muvofiq faqat ikki turdagi foydalanuvchi nomlarni bloklash mumkin
- Yuqoridagi 2 qoida menimcha asos boʻla olmaydi. Lekin yangi qoidalar ishlab chiqilsa, ehtimol oʻchirilar.
- Agar sizga nisbatan haqoratomuz nomdagi foydalanuvchi hisobi yaratilsa (Misol uchun User:Alpasli ahmoq, bu holatda bloklash shart deb oʻylayman
- Muzaffar Murodovichmunozara 05:58, 13-Fevral 2023 (UTC)
- Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilaman va bu nomlar bilan kimnidir kalaka qilinayotganini ayta olmayman, shunchaki hazil deb bilaman. Masalan, mana bu foydalanuvchiga nisbatan ham hech bir chora koʻrmaganmiz. Umarjon Rahimov (munozara) 19:08, 11-Fevral 2023 (UTC).
Bajarilmadi. Koʻpchilik rozi emas. Umarjon Rahimov (munozara) 12:09, 16-Fevral 2023 (UTC).
Patrullovchi
[manbasini tahrirlash]Barchaga salom, doʻstlar! Oʻzbekcha Vikipediya jadal rivojlangan sari koʻplab faol foydalanuvchilar koʻngilli boʻlib qoʻshilmoqda. Bu esa, tabiiyki, maqolalar sonining keskin koʻpayishiga olib kelyapti. Qariyb oxirgi bir yil davomida ularning aksariyatini patrullashga vaqt yetmay qolyapti. Shu kabi holatlarni oldini olish: yangi yaratilgan maqolalarni Vikipediya mezonlariga asosan dastlabki sifat tekshiruvidan oʻtkazish, maqbul koʻrinishga ega boʻlgan va Vikipediya qoidalarini jiddiy buzmagan versiyalarini patrullash maqsadida Administratorlarga yordam berish istagida boʻlgan foydalanuvchilarga qulaylik tugʻdiruvchi Patrullovchi statusini joriy etishni taklif etaman. Sizlardan bu haqda baholi qudrat fikringizni bildirishingizni soʻrab qolaman.
Hurmat bilan, — Kagansky (munozarasi) 05:15, 29-Aprel 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Anchadan beri kutilgan va ajoyib taklif. — Diwikiped (munozara) 05:24, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. — MirzoUlugʻBek 05:32, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman Qoʻllab-quvvatlayman! — Salazarov (suhbat) 05:34, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman Alpasli (munozara) 06:10, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Muzaffar Murodovichmunozara 07:21, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. — juda kerakli taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 08:41, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:18, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — Muxriddin Azimov (munozara) 18:16, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — Boboyev1996 (munozara) 01:21, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Nataev munozara 02:13, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — PanPanChik #yozish 13:13, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Umarjon Rahimov (munozara) 06:34, 26-May 2023 (UTC).
- Roziman — Kamol Azzam (munozara) 16:58, 2-Iyun 2023 (UTC)
- Roziman — Abdufattohov Ibrohimjon (munozara) 11:01, 9-Iyun 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Izohlar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Qarshilar yoʻq. Phabricatorda tegishli soʻrov yaratildi.
Malikxan munozara 17:33, 12-Iyun 2023 (UTC)
Bosh sahifa dizaynini oʻzgartirish
[manbasini tahrirlash]Hammaga assalomu alaykum oʻzbekcha Vikipediya Bosh sahifasi dizaynini yangilash boʻyicha taklif bermoqchiman. Taklif etilayotgan yangi dizaynni mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Ushbu sahifa dizaynini ishlab chiqishda Laziz Baxtiyorovning mehnati katta. Mazkur taklif boʻyicha oʻz fikrlaringiz va ovozingiz bilan ishtirok eting! Jamshid Nurqul (munozara) 17:59, 29-Aprel 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Shedevralno. — Kagansky (muhokama) 18:35, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — hech shubhasiz oʻzgartirmoq kerak Alpasli (munozara) 18:23, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — Diwikiped (munozara) 18:25, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — Yangisi ancha chiroyli koʻrinishga ega ekan. Salazarov (suhbat) 18:29, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Malikxan munozara 18:53, 29-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Hilol (munozara)
- Roziman. Nataev munozara 02:13, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:58, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — HusniddinRasulov(munozara) 04:03, 30-Aprel 2023 (UTC)
- Roziman — PanPanChik #yozish 13:12, 30-Aprel 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Yetarlicha foydalanuvchi qoʻlladi. Bosh sahifa dizaynini oʻzgartirsak boʻladi endi. Nataev munozara 02:10, 3-May 2023 (UTC)
- Bajarildi Laziz Baxtiyorov (munozara) 02:26, 3-May 2023 (UTC)
Statusli maqola talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
[manbasini tahrirlash]Oxirgi paytlarda statusga nomzod maqolalar muhokamasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, 2023-yil 24-iyun 10:58da Saparmurot Niyozov maqolasi foydalanuvchi tomonidan yaxshi maqolaga nomzod qilinadi. Oʻtgan 14 kun davomida 3ta rozi va 2ta qarshi ovoz beriladi. Administratorlar tomonidan maqoladagi kamchiliklarni tuzatish yuzasidan fikrlar bildiriladi: [1], [2]. Muallif berilgan takliflar yuzasidan maqolaga tuzatishlar kiritib talablarga mos holga keltiradi. Shu kuniyoq, muddatni uzaytirish taklifiga qaramay, munozara „Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin“ degan iddao bilan yopib qoʻyiladi. Yana bir holatda, aynan yuqoridagi foydalanuvchi bergan yana bir nomzodga 14 kun davomida birorta ovoz berilmaydi va munozara sahifasi aynan shu administrator tomonidan „yetarlicha ovoz toʻplay olmagani uchun“ yopib qoʻyiladi. Nomzod bergan foydalanuvchi esa, Yaxshi maqola talablariga „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida ovoz berilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak“ punktini boshqalar bilan maslahat qilmay, yozib qoʻyadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytib oʻtilgan 14 kunlik qatʼiy belgilangan muddat qoidasidan voz kechish va „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida yagona kelishuvga erishilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak. Shuningdek, agar nomzod maqola oʻquvchida yorqin taassurot qoldira oladigan va ushbu statusga toʻlaqonli mosligi tufayli koʻpchilikning rozilgini olgan boʻlsa, 14 kundan avvalroq muddatda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi mumkin“ punktini kiritishni taklif qilaman. Undan tashqari, har qanday xulosaga eʼtiroz bildirish uchun „Xulosalarga eʼtiroz bildirish“ sahifasi ham yaratildi. Unda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan berilgan xulosa muhokama qilinishi mumkin. Shu takliflarni tanlangan roʻyxat, tanlangan maqola, yaxshi maqola va xushsifat maqola talablariga kiritishni ham taklif qilaman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:43, 22-Iyul 2023 (UTC).
Bosh sahifaga „Tanlangan roʻyxatlar“ blokini qoʻshish
[manbasini tahrirlash]Hammaga salom! Oʻzbekcha Vikipediya Bosh sahifasiga „Tanlangan roʻyxatlar“ blokini qoʻshish haqida bir necha foydalanuvchilar tomonidan takliflar bildirilgan edi. Takliflarni inobatga olingan holda mana bu sahifada „Tanlangan roʻyxatlar“ bloki test qilib koʻrildi. Shu sahifadagi „Tanlangan roʻyxatlar“ blokini Bosh sahifaga qoʻshishni taklif qilaman.
Siz ham uni sinab koʻring va fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashing. Ovoz berishda ishtirok eting.
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 21:46, 5-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Chiroyli chiqibdi. Salazarov 21:39, 5-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 21:49, 5-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. Taklif qiluvchi sifatida. Umarjon Rahimov (munozara) 04:06, 6-Avgust 2023 (UTC).
- Roziman. Boʻsh joydan unumli foydalanish, yaxshi chiqibdi. Ibrohimjon (✍️) 07:52, 9-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Alpasli (munozara) 06:14, 6-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman. ANJANIY!!#suhbat 03:37, 9-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Juda ajoyib boʻlarkan Mirishkorlik (munozara) 04:03, 9-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Diwikiped (munozara) 05:36, 9-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 10:01, 9-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Mirzoulugʻbek |@ 13:08, 11-Avgust 2023 (UTC)
- Roziman — Artemev Nikolay (munozara) 13:12, 11-Avgust 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi 6 kun davomida soʻrov 10dan ortiq ovoz toʻpladi. Ushbu taklifni amalga oshirish uchun qabul qilamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 13:14, 11-Avgust 2023 (UTC)
AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish
[manbasini tahrirlash]Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur! Mirzoulugʻbek |@ 19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar – Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
- Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
- Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman – Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman – Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman – Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
- Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman. – Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman. – Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman. – Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman – 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman – ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).
- Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi - Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).
- Roziman – Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman – Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman — Miss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Avtomatik tarjimondan bitta katta naf koʻraman — intervikilarning darhol ulanishi. Kichikroq nafi — qanday boʻlsa-da kontent qoʻshilishi. Agar interviki ulashni foydalanuvchilarning oʻzi eplasa, AT yopilishiga (yoki baʼzi darajada cheklanishiga) qarshi emasman. Abdulla munozara 21:20, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:
- Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
- Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.
Mezonlar
[manbasini tahrirlash]- Administratorlar
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
- 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- Rasmiyatchilar
- yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
- foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.
Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Mirzoulugʻbek |@ 01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman — yaxshi taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 18:56, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Malikxan munozara 22:02, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Mirishkorlik (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. — Kagansky munozara 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. — Ibrohimjon 18:37, 19-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Izohlar
[manbasini tahrirlash]Yuqoridagi mezonlarning hammasiga „maqola nomfazosida“ soʻzlarini qoʻshishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC).
Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga bagʻishlangan logo
[manbasini tahrirlash]Barchaga salom! 2023-yilning 21-dekabr sanasida Oʻzbekcha Vikipediya 20 yoshga kiradi! Shu munosabat bilan, vaqtinchalik muddatga Oʻzbekcha Vikipediyada kirganingizda, yuqorida chapda joylashgan logoni rasmda koʻrsatilgan logo bilan almashtirishni taklif qilaman. Ushbu logo aynan Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga atab chizildi.
Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 22:58, 31-Oktyabr 2023 (UTC)
Izohlar
[manbasini tahrirlash]Dizayn mahoratingizni ishga solib, zamonaviy logo ustiga „20-yil“ deb yozmaysizmi? Taklif qilinayotgan logo 1990-yillardagi logolarga oʻxshamaydimi? Nataev munozara 15:24, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Yaxshi fikr, bir harakat qilib koʻraman. Alifboni ham tahrir qilish kerakligiga ozroq urgʻu berib ketmoqchiman yangi logoda. Jamshid Nurqul (munozara) 22:36, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman – Kreativlik bilan goʻzal ishlangan logo uchun muallifga tashakkur. Xumoshox Ismoilova (munozara) 04:27, 1-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Goʻzal! — Kagansky munozara 12:44, 1-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Umarxon III (munozara) 06:13, 8-Noyabr 2023 (UTC).
- Roziman — Muzaffar Murodovichmusohaba 05:39, 17-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman — Xoqoni Said yozish 15:55, 21-Noyabr 2023 (UTC)
- Roziman — Vikipediyaning 20 yilligi uchun munosib logo — Axadjon1 (munozara) 15:37, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Goʻzal Mirishkorlik (munozara) 15:50, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman 20 chi yillik tarixiy kun uchun goʻzal tuhfa boʻladi, albatta Alpasli (munozara) 20:50, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman Yangi marralarni yaxshi va sifatli natijalar bilan kutib olishni tilayman Kamol Azzam (munozara) 19:09, 17-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga bagʻishlangan logo 2
[manbasini tahrirlash]Barchaga salom! 2023-yilning 21-dekabr sanasida Oʻzbekcha Vikipediya 20 yoshga kiradi! Shu munosabat bilan, vaqtinchalik muddatga Oʻzbekcha Vikipediyada kirganingizda, yuqorida chapda joylashgan logoni rasmda koʻrsatilgan logo bilan almashtirishni taklif qilaman. Bundan avval boshqa lofo ham taklif qilgandim, bu zamonaviyroq koʻrinishdagi ikkinchi variant. Ushbu logo aynan Oʻzbekcha Vikipediyaning 20 yilligiga atab chizildi. Ushbu logoni Vikiomborga yuklashdagi muammoni bartaraf etgan Malikxanga tashakkurlar!
Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 16:25, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Izohlar
[manbasini tahrirlash]Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Salazarov 17:25, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman — Xoqoni Said yozish 17:33, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Birinchisida oʻzbekcha yozuv yoʻq. Bunisi esa goʻzal. Nataev munozara 17:37, 17-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Umid1108 (munozara) 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman - Oldingisidan yaxshiroq, har qalay. ANJANIY!!#suhbat 18:12, 17-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Malikxan munozara 15:50, 19-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. — Ajoyib. Ibrohimjon 18:38, 19-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]- Betarafman – birinchisi singari emas ekan Mirishkorlik (munozara) 17:33, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- @Mirishkorlik; Birinchisi bilan ozroq muammo boʻldi. Shuning uchun, ikkinchisi yasaldi. Salazarov 19:38, 16-Dekabr 2023 (UTC)
- Betarafman – bir qarashda asosiy logo toʻsilib qolganga oʻxshab qolibdi, yuqoridagi logoda ikkisi ham yaqqol koʻrinib turibdi – Axadjon1 (munozara) 17:42, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Qarshilar yoʻq. Malikxan, logoni almashtirsak boʻladi. Ikki kun qoldi! Nataev munozara 15:10, 19-Dekabr 2023 (UTC)
- Phabricatorda tegishli soʻrov yaratildi.
- Malikxan munozara 16:01, 19-Dekabr 2023 (UTC)