Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Maqola ustaxonasi/Kontent

Vikipediya, erkin ensiklopediya
5. Tarkib
6. Tamom
Mualliflik huquqlari
Muhim!
Muhim!
Boshqa saytlardan matn koʻchirmang. Mustasnolar bor,[1][2] ayrim gaplarni iqtibos qilib olish mumkin.

Maqolangiz mualliflik huquqlarini buzmasligi kerak.

Boshqa vebsaytlardan shundayligicha matn koʻchirmang, faqat kichik iqtibos olishingiz mumkin. Mualliflik huquqlarini buzuvchi maqolalar yoʻq qilinadi.[1] Maqolalarni oʻzingiz yozing.[2] Yozganingiz matn pala-partish boʻlsa hechqisi yoʻq — uni keyinchalik tuzatish mumkin. Bu ogohlantirish tasvir va boshqa fayllarga ham tegishli — VikiOmborga ham erkin fayllarni yuklash mumkin.

Ahamiyat koʻrsatilishi zarur.

Avvalgi qadamda predmet ahamiyatga molik boʻlishi kerakligi haqida eslatilgan edi. Oʻquvchi maqolangizni oʻqib, nega u ahamiyatga molik ekanligini tushunishi kerak.

Maqolangiz betaraf boʻlishi zarur.

Vikipediya maqolalari betaraf ohangda yozilishi kerak. Maqola ichida predmet tanqidi yoki maqtovi boʻlishi mumkin, biroq umumiy manzara butkul betaraf boʻlishi lozim. Faqat faktlar haqida yozing — oʻz fikringizni emas, manbalarda berilgan fikrlarni yoriting. Maqola barcha nuqtai nazarlarni odil yoritishi kerak.


Maqolangiz bu talablarga javob beradimi?

Rahmat
Izohlar
  1. 1,0 1,1 Ayrim saytlardagi axborot jamoat mulkidir, bu holda uni koʻchirish mumkin (manbasini koʻrsatish shart).
  2. 2,0 2,1 Koʻchirish uchun material egasidan ruxsat olishingiz kerak.