Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Oʻchirishga/Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti (tahrir | munozara | tarix | himoya | oʻchirish | ishoratlar | kuzatuv | qaydlar | koʻrishlar)
(Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi)

Maqolani oʻchirishni koʻrib chiqish kerak. Menimcha fakultet uchun alohida maqola boʻlishi shart emas. Qarshi davlat universiteti maqolasiga boʻlim oʻlaroq qoʻshgan maʼqul. Axadjon1Munozara 17:54, 2024-yil 9-dekabr (UTC)[javob berish]

Assalomu alaykum! Oʻchirishga berish sababini tushunmadim. Agar bu maqola oʻchirilsa, Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti maqolasiniyam oʻchirishga berish kerak boʻladi. Aksar manbasi universitetning sayti boʻlsa ham undan boshqayam mustaqil manbalar bilan tasdiqlangan ekan. Men oʻchirishga  Qarshiman. Janob Mirzaolim (munozara) 19:33, 2024-yil 9-dekabr (UTC)[javob berish]
Toʻgʻri aytasiz, nafaqat Sankt-Peterburg davlat universitetining sharqshunoslik fakulteti maqolasini, balki uzwiki’dagi Istanbul universiteti Stomatologiya fakulteti, Istanbul universiteti Iqtisodiyot fakulteti, Islomshunoslik fakulteti (Prishtina), Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti, Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti, Sankt-Peterburg davlat universitetining filologiya fakulteti, Moskva davlat universitetining yuridik fakulteti, Istanbul universiteti Aloqa fakulteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toʻrtkoʻl fakulteti, Istanbul universiteti Siyosiy fanlar fakulteti, Varshava universitetining sharqshunoslik fakulteti kabi oʻnlab maqolalar uzwiki’da bor ekan. Demak shu maqolalar EA ga ega boʻlsa, bu ham qoldirilishi kerak deb oʻylayman. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 02:49, 2024-yil 10-dekabr (UTC)[javob berish]
Salom, Axadjon1. Menimcha fakultet uchun alohida maqola bo'lishi shart emas. – Qaysi qoidada fakultetlar haqida maqola yozilishi mumkin emasligi aytilgan?

Maqolani yaratishdan oldin, ruwiki hamda enwiki’larga qarab ularda fakultetlar haqida maqola yozilganmi yoʻqmi, shuni tekshirdim. Misol uchun, Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti haqida maqola bor. Yana bir, enwikida ham yuzlab fakultetlar haqida maqolalar bor. Masalan, Malaya universitetining tibbiyot fakulteti haqida.

Toʻgʻri, boshqa wikilarda yozildi degani uzwikida yozilsin degan qoida yoʻq. Biroq, fakultetlar maqolalari ensiklopedik ahamiyatga ega deb topilgan ekan, uzwiki’da ham fakultetlar haqida manbalar boʻlsa yozish mumkinligini inobatga olgan holda maqola ✔ Qoldirilsin. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 18:07, 2024-yil 9-dekabr (UTC)[javob berish]

Hormang! uzwiki’da ham fakultetlar haqida manbalar boʻlsa yozish mumkinligini inobatga olgan holda Agarda manbalar boʻlsa demoqdasiz. Ammo maqolani tahlil qilib chiqdim. Maqolada bitta Gazeta.uzdagi habar fakultet haqida emas, shaxs haqida ketmoqda. Kun.uz nashrida esa umumiy aytib oʻtilgan. Bu maqola huddi bir necha oy avval uzwikini toʻldirgan maktab, kasb-hunar texnikumlari, akademik litsey maqolalari kabi boʻlibdi. Qolgan manbalar esa barcha universitetni oʻzini veb saytidan olingan ekan.
Bundan tashqari, Mirfayzbek siz yuqorida keltirgan misollardagi fakultetlarni oʻqib chiqdingizmi? Hamda oʻzingiz yozganga solishtirib koʻrdingizmi?
Janob Mirzaolim Aksar manbasi universitetning sayti boʻlsa ham undan boshqayam mustaqil manbalar bilan tasdiqlangan ekanToʻgʻri aksar balki 9 ta manbadan 6 tasi universitet rasmiy veb sayti. Bir maqola yaratganimda men ham universitet veb saytidan havola keltirganimda oʻtmagan[1]. Qolgan 3 tasida ham toʻliq maʼlumot yoʻq.
Taʼlim sohasida faoliyat olib borayotganim, universitetda 4 yildan buyon ishlayotgan boʻlsa, shu 4 yil ichidan 3 marta fakultetlar qayta nomlandi. Fizika-matematika → Fizika → Fizika-matematika. Demoqchimanki, maqolaning ensiklopedik ahamiyati yoritib berilmagan.
Yuqoridagi fikrlarimga koʻra maqola oʻchirilishiga roziman. Komilkhuja 03:16, 2024-yil 10-dekabr (UTC)[javob berish]
Qidiruvlarim natijasida bir nechta maʼlumot toʻpladim. Jumladan, enwikida shunday qoida bor ekan:

Faculties, departments or degree programs within a university, college, or school are generally not considered notable unless they have made significant contributions to their field. Separate articles on law schools and medical schools are being kept.[2]

Yaʼni fakultet oʻz sohasida sezilarli hissa qoʻshgan boʻlishi kerak. Ammo barcha OTMlardagi fakultetlar singari bu fakultet ham faoliyat yuritib kelmoqda ekan.
Toʻgʻri aytishingiz mumkin, enwikida bor-ku fakultetlar haqida maqolalar deb. Xorijiy davlatlardagi OTMlarning fakultetlari mavqeyi bizdagi ayrim universitetlarning mavqeyiga teng desam adashmagan boʻlaman. Bu gapimga boshqalar ham qoʻshilishsa kerak menimcha. Komilkhuja 12:50, 2024-yil 10-dekabr (UTC)[javob berish]
Yuqorida qoida bor deganim yoʻq. Fakultetlar haqida institut yoki universitet maqolalarini toʻldirish maʼqul menimcha. Har bitta fakultet haqida maqola yaratilsa boʻlmaydi ahir. Yuqorida siz keltirgan maqolalarni bir ikkitasini koʻrdim, toʻgʻri aytgansiz, qolgan Vikipediyalarda yaratildi degani bizda ham boʻlishi kerak degani emas. Keyin siz olgan manbalar aynan institut saytidan olingan, qolgan institut saytlarida ham fakultetlar haqida manbalar keltirib oʻtilgan. Kun.uz dan olingan manba esa, faqatgina bino koʻchgani haqida, bu esa aynan bitta maqola yaratilishiga asos boʻla olmaydi menimcha. – Axadjon1Munozara 04:56, 2024-yil 11-dekabr (UTC)[javob berish]
Kun.uz dan olingan manba esa, faqatgina bino koʻchgani haqida – Kun.uz manbasi da faqatgina bino koʻchgani haqida debsiz, lekin nega manbadagi talabalar turar joyi, necha kishiga moʻljallanganligi, bino haqidagi umumiy maʼlumotlar borligini nega aytmadingiz? Lekin men bu maʼlumotlarni manbadan olib, maqolaga yozgandim.
Ikkinchidan, fakultetlar haqida boshqa tillardagi ayrim maqolalarda universitet sayti manbasi manba oʻlaroq berilgan. Misol uchun mana bu 1, 2, 3. Keyin men institut manbasidan emas, universitet manbasidan foydalandim. Gazeta.uz manbasi fakultetning kafedra mudiri shaxsning davlat mukofot olgani haqida. Manba oʻlaroq foydalangan.
Shuningdek, Komilkhuja, Taʼlim sohasida faoliyat olib borayotganim, universitetda 4 yildan buyon ishlayotgan boʻlsa, shu 4 yil ichidan 3 marta fakultetlar qayta nomlandi. Fizika-matematika → Fizika → Fizika-matematika.. Menimcha, bu maʼlumotni tegishli fakultet haqida maqola yaratilganda yozganingiz durust. Afsuski, QarDU filologiya fakultetining nomi 1977-yildan beri oʻzgarmagan. Bunga manba ham keltirganman. Mobodo, oʻzgarib qolsa, tahrirlab qoʻyaman :) MirfayzbekAbdullayev (munozara) 17:21, 2024-yil 11-dekabr (UTC)[javob berish]